“OKMK” ning eksporti 2024-yilda $611 mlnni tashkil qildi

Eksport qiluvchi mamlakat soni 19 taga yetgan

“OKMK” ning eksporti 2024-yilda $611 mlnni tashkil qildi

2024-yil yakuniga ko‘ra, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan jami $610,9 mlnlik mahsulot eksport qilindi. Bu haqda “OKMK” rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Bu yil ko‘rsatkich 8%ga pasaygan, xususan, 2023-yilda eksport $661,9 mlnni, 2022-yilda esa $947,5 mlnni tashkil etgan.

Mahsulotlar bo‘yicha hisobot davrida xorijiy iste’molchilarga 51, 698 tonna (-9,1% y/y) mis mahsulotlari va 28, 859 tonna (-30,6% y/y) rux mahsulotlari yetkazib berildi. Bundan tashqari, 15, 183 tonna qo‘rg‘oshin konsentrati (-33,2% y/y) va 760 tonna molibden mahsuloti (-9,5% y/y) eksport qilindi.

Hozirda kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Qayd etilishicha, 2024-yilda bir qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi. Jumladan, Gvineya, Senegal, Serbiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Marokash, Portugaliya kabi davlatlarga ham mis katankasi va mis kuporosi eksporti amalga oshirilayapti.

Avvalroq, “Kapital.uz” “NKMK” ning ishlab chiqarish hajmi qariyb 94 trln so‘mni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TXMMda istalgan valyutada bitimlar o‘tkazish va kriptovalyutadan foydalanishga ruxsat beriladi
/
TXMMda istalgan valyutada bitimlar o‘tkazish va kriptovalyutadan foydalanishga ruxsat beriladi
Farg‘onada $170 mlnlik elektrobus ishlab chiqarish loyihasiga start berildi
/
Farg‘onada $170 mlnlik elektrobus ishlab chiqarish loyihasiga start berildi
Ozarbayjonning eng yirik davlat banki ABB O‘zbekistondagi Davr Bank sotib olish jarayonlarini yakunladi
/
Ozarbayjonning eng yirik davlat banki ABB O‘zbekistondagi Davr Bank sotib olish jarayonlarini yakunladi