Oilaviy tadbirkorlarga 100 mlngacha kredit berish soddalashtiriladi

Fermerlarga yer solig’ini ikkiga bo’lib to’lashga ruxsat beriladi

Oilaviy tadbirkorlarga 100 mlngacha kredit berish soddalashtiriladi

28-noyabr kuni prezident boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksportini ko‘paytirish hamda oilaviy tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha kreditlar soddalashtirilgan tartibda berilishi muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

“Samarqand qulupnay” korxonasi Qo‘shrabot, Jomboy, Bulung‘urdagi 6,5 ming aholiga 3 mln olcha ko‘chatini bepul tarqatib, dala chetida ektirishni yo‘lga qo‘ydi. Yil yakunigacha dala chetlaridagi 650 ming, aholiga berilgan 364 ming gektarni eksportchi-tadbirkorlarga biriktirish topshirildi.

Endilikda tomorqa, ichki ko‘chalar, dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofidagi yerlarda daromadli ekinlar ekish va ularni eksport qilishga O‘simliklar karantini va himoya agentligi mas’ul etib belgilandi.

Dala chetini samarali ishlatgan fermerlarga tadbirkorlar reytingini hisoblashda qo‘shimcha ball beriladi, ichki fitosanitar sertifikati bir yil davomida bepul beriladi. Fermerlarga barcha yerlari uchun yer solig‘ini ikki yilga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi. Dala cheti hisobi, nima mahsulot yetishtirilgani va qancha mahsulot olingani “e-Fito” portali orqali nazorat qilib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi
/
O’zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
/
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
/
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti