Endilikda avtomobil yurgan masofani “ortga o‘girganlik” uchun javobgarlik belgilanadi

Deputatlar bu haqdagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Endilikda avtomobil yurgan masofani “ortga o‘girganlik” uchun javobgarlik belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasida transport vositasini sotishdan oldin xaridorga odometr — avtomobil bosib o‘tgan masofani ko‘rsatuvchi qurilma — ko‘rsatkichlarining o‘zgartirilgani yoki almashtirilgani haqida axborotni taqdim etmaslik uchun javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda pedagog yoki psixologning majburiy ishtiroki joriy etiladi.

Shuningdek, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxs, jabrlanuvchi, advokat va qonuniy vakilning sudya yoki mansabdor shaxsdan voz kechish huquqi hamda ma’muriy ish yuritishda ishtirok etishga to‘sqinlik qiluvchi holatlar belgilanmoqda.

Maxsus huquqlardan (masalan, haydovchilik huquqi) mahrum etish jazosi 1,5 yilgacha bo‘lgan muddatga tayinlanganda, bu muddatning yarmidan o‘tgach uni qisqartirish bo‘yicha ariza berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Agar jazo 1,5 yildan 3 yilgacha bo‘lsa — bu imkoniyat muddatning uchdan ikki qismi o‘tgach beriladi. Shu bilan birga, maxsus huquqdan mahrum etish muddatini qisqartirish to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega bo‘lmaydigan shaxslar toifasi ham belgilangan.

Deputatlar hujjat iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, voyaga yetmaganlarning huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularni ishlar ko‘rib chiqilishida psixologik qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, fuqarolarning adolatli sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilganini ta’kidladilar.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha chet el valyutalarining qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda barcha chet el valyutalarining qiymati tushdi
Toshkentdagi Raqobat qo‘mitasi binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi
/
Toshkentdagi Raqobat qo‘mitasi binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi
O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqadi
/
O‘zbekiston Xitoy bilan hamkorlikda “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqadi