“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi

Kelishuv AQSh byudjetiga $2,8 mlrddan ortiq daromad keltirishi mumkin

“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi

Amerikalik texnologiya gigantlari “Nvidia” va “Advanced Micro Devices” (AMD) Xitoyga sun’iy intellekt (SI) chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQSh hukumatiga topshirishga va buning evaziga eksport litsenziyalarini olishga kelishib olishdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Kelishuv “Nvidia” kompaniyasi H20 chiplarini Xitoyga yetkazib berishga ruxsat olganidan bir oy o‘tib imzolangan. Rasmiy ravishda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati cheklovlarni bekor qilganini e’lon qilgan bo‘lsa-da, amalda litsenziyalar faqat kelishuvdan so‘ng berila boshlandi.

6-avgust kuni “Nvidia” bosh direktori Jensen Xuan Oq uydagi uchrashuvda Donald Tramp bilan shartlarni kelishib oldi. Oradan ikki kun o‘tgach, AQSh Savdo vazirligi litsenziyalarni berishni boshladi.

Kelishuv AQSh byudjetiga $2 mlrddan ortiq daromad keltirishi mumkin. Bernstein Research tahlilchilarining prognoziga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha “Nvidia” Xitoyga $15 mlrddan ortiq, AMD esa $800 mlnlik chip sotadi.

Kuchli SI chiplarini AQShdan Xitoyga eksport qilish bo‘yicha cheklovlar 2022-yildan beri amal qilib keladi. Dastlabki taqiqlardan so‘ng “Nvidia” Xitoy bozori uchun moslashtirilgan H800 modellarini chiqargan, biroq ular ham 2023-yilda sanksiyaga tushgan. Keyinchalik kompaniya kamroq quvvatli H20 modellarini taklif qilgan, ammo ularning ham yetkazib berilishi 2025-yil aprelida cheklangan edi. Iyul oyida AQSh hukumati H20 eksportiga litsenziya berishga tayyor ekani ma’lum bo‘ldi va oradan ko‘p o‘tmay AMD ham MI308 modelini Xitoyga sotishni qayta boshlash rejasi borligini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
/
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi