O’zbekiston Rossiyada noqonuniy muhojirlar soni bo’yicha yetakchilardan biriga aylandi

Rossiyadagi 6 mlndan ortiq chet elliklarning 9% mamlakatda noqonuniy hisoblanadi

O’zbekiston Rossiyada noqonuniy muhojirlar soni bo’yicha yetakchilardan biriga aylandi

Hozirda Rossiyada olti milliondan ortiq chet el fuqarolari bor, ularning 9%ga yaqini noqonuniy muhojirlardir. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi rahbarining birinchi o’rinbosari Aleksandr Gorovoy ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Uning so’zlariga ko’ra, bular asosan O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari, jami 739 mingga yaqin kishi. 

Uning so’zlariga ko’ra, mamlakatda jami 6,1 mln chet ellik istiqomat qiladi, ularning 5,5 mlni O’zbekiston, Tojikiston, Qirg’iziston, Belorussiya, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog’iston, Xitoy va Turkmanistondan kelgan.

2025 yilda Rossiya noqonuniy mehnat muhojirlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan nazorat qilinadigan shaxslarning elektron reestrini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Rossiyaga kirishlar soni bo’yicha yetakchiga aylandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni soddalashtiradi
/
Slovakiya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni soddalashtiradi
2026-yildan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi
/
2026-yildan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilanadi
O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
/
O‘zbekistonda suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi