2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi

2027-yilga qadar bunday binolar energiya tejamkor uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi

2026-yildan davlat idoralari binolari energiya samaradorlik tamoyillari asosida qayta quriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan boshlab barcha davlat idoralari va ijtimoiy soha muassasalari binolari faqat energiya samaradorlik tamoyillari asosida quriladi va modernizatsiya qilinadi. Bu haqdagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ayrim tuman (shahar) va mahallalar “namunali hudud” maqomini oladi. Ushbu tashabbus “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

Loyiha doirasida har yili quyidagi ishlar bajariladi:

  • kamida $50 mln miqdorida investitsiyalar jalb qilinib, oziq-ovqat, mebel, qurilish materiallari, tikuvchilik va boshqa sohalarda kamida 10 ta yirik loyiha ishga tushiriladi;
  • ilgari eksport bilan shug‘ullanmagan kamida 3–5 ta korxona xorijiy bozorlarga chiqishga jalb qilinadi;
  • xorijlik texnolog, marketolog va brend-menejerlar ishtirokida kamida 1 ta korxonada milliy brend mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi;
  • 10 nafar tadbirkor xorijda o‘tkaziladigan sanoat ko‘rgazmalarida tajriba almashadi.

2027-yil 1-yanvarga qadar davlat idoralari, davlat ishtirokidagi korxonalar hamda ijtimoiy soha muassasalari energiya tejamkor uskunalar bilan to‘liq jihozlanadi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-martdan boshlab har bir hududda bittadan ijtimoiy soha binosi “nol energiya sarfli binolar” konsepsiyasi asosida modernizatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi