Mobiuz’ni sotib olishga 15 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda
Ishtirokchilar orasida AQSH, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodan investorlar mavjud

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Universal Mobile Systems (Mobiuz) kompaniyasidagi 100% lik davlat ulushini xususiylashtirishning keyingi bosqichida qatnashish uchun 15 ta kompaniyani tanladi.
Bitim bo‘yicha maslahatchi sifatida faoliyat yuritayotgan Rothschild & Co xalqaro investitsiya banki va KPMG kompaniyasi AQSH, Yevropa, Arab mamlakatlari, Yaqin Sharq, Kavkazorti, Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlarining potensial investorlari bilan 100 dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu bosqich yakuniga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust kuni soat 18:00 gacha 15 ta xorijiy va mahalliy kompaniyadan aktivni sotib olish niyati haqida arizalar qabul qilindi.
Keyingi bosqichda ishtirokchilar maxfiylik bitimini (NDA) imzolaydilar hamda maslahatchilar tomonidan tayyorlangan MobiUz faoliyati to‘g‘risidagi axborot memorandumi va kompaniyaning moliyaviy modeli joylashtirilgan virtual ma’lumotlar xonasiga (VDR) kirish huquqini oladilar.
Majburiy bo‘lmagan takliflar (NBO) maslahatchilar tomonidan 2025-yil 15-oktabr soat 23:59 gacha (Toshkent vaqti bilan) qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun aloqa ma’lumotlari:
- Oleg Pushkarev, Rothschild & Co direktori: oleg.pushkarev@rothschildandco.com, tel. +971 50 645 8679;
- Farhod Boboyev, Rothschild & Co kichik direktori: fara.babaev@rothschildandco.com, tel. +971 56 218 0356;
- Saltanat Sandiqboyeva, O‘zbekistondagi KPMG sherigi: ssandykbayeva@kpmg.com, tel.: +998 90 099 21 20;
- Shohrux Oxunov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i: sh.oxunov@davaktiv.uz, tel. +998 71 259 20 23
Mobiuz sotuviga oid tender iyun oyida e’lon qilingan edi. Rasmiy arizalarni qabul qilish 1-avgust kuni yakunlanadi. Bitim bo‘yicha maslahatchi vazifasini Rothschild & Co bajarmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ