Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi

Investorlar 20-aprelgacha yaxshilangan majburiy takliflarni taqdim etishi mumkin

Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) mobil operator Universal Mobile Systems (Mobiuz)ni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddatini uzaytirdi.

Agentlik ma’lum qilishicha, xususiylashtirish jarayonining asosiy maqsadi — O‘zbekiston uchun maksimal iqtisodiy samaraga erishishdan iborat. Shu bois savdo jarayonining ayrim shartlari raqobat muhitida eng yaxshi natijaga erishish uchun takomillashtirilishi mumkin.

Endilikda ishtirokchilar yaxshilangan majburiy takliflarni (Binding Offer) 20-aprel kuni soat 23:59gacha (Toshkent vaqti bilan) qayta topshirishlari mumkin. Jarayon tafsilotlari bo‘yicha KPMG va Rothschild & Co kompaniyalari barcha ishtirokchilarga alohida tartibda ma’lumot yuboradi.

DABA va maslahatchilar xususiylashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, ishtirokchilar va jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Mobiuz’ni 100% ulushi bilan xususiylashtirish bo‘yicha ochiq savdolar 2025-yil iyun oyida boshlangan. Dastlab 15 ta investor aktivga qiziqish bildirgan bo‘lsa, keyinchalik 10 ta majburiy bo‘lmagan narx takliflari qabul qilingan.

Maslahatchilar tavsiyasi asosida 7 ta da’vogar yakuniy bosqichga — majburiy takliflar berish jarayoniga o‘tkazilgan. Ulardan 6 tasi takliflarini topshirgan. Tahlil natijasida eng yuqori narx va qulay shartlarni taklif etgan 3 ta investor saralab olinib, ularga takliflarini yaxshilash uchun qo‘shimcha vaqt berilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
O‘zbekiston Markaziy banki bir oyda 8 tonna oltin xarid qildi — WGC
/
O‘zbekiston Markaziy banki bir oyda 8 tonna oltin xarid qildi — WGC