Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi

Qish mavsumida yana 6 ta metro poyezdi keltirilishi rejalashtirilgan

Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi

Toshkent metropoliteniga 11-yanvar kuni yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi

Xabarga ko‘ra, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Shuningdek, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning boshida Toshkentga Rossiyadan uchta yangi metro poyezd keltirilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
/
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li rejalashtirilgan muddatdan ikki yil oldin qurib bitkazilishi mumkin
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
/
14-noyabrdan yuk mashinalari uchun Toshkent shahriga kirishi taqiqlanadi
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi
/
O‘zbekistonda ikkilamchi uy-joy bozori narxlar va bitimlar soni bo‘yicha o‘sish sur’atlari tezlashdi