O‘zbekistonda mehnat shartnomalari faqat elektron tartibda tuziladi

Shartnomani  “Yagona milliy mehnat tizimi” orqali imzolash mumkin

O‘zbekistonda mehnat shartnomalari faqat elektron tartibda tuziladi

Endilikda O‘zbekiston hududida mehnat shartnomalari elektron tartibda tuziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi

Unga  muvofiq, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi («YMMT» IDAK) orqali elektron tartibda tuziladi.

Mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.

Imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim oʻzining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Mehnat shartnomalarining elektron rasmiylashtirilishi natijasida:

  • ish beruvchilarga qulaylik yaratiladi;
  • jarayon soddalashadi va norasmiy bandlik kamaytiriladi;
  • mehnat shartnomalarining qonuniyligini nazorat qilish imkoni mavjud boʻladi va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldi olinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
/
Maldiv hukumati xorijiy investorlar uchun yashash guvohnomasi dasturini e’lon qildi
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
/
Alisher Usmonovning dividend daromadi $1,2 mlrdga yetdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi