Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Yangi tashkilotlar qatoriga ADL Moliya, Prizma Kapital va Avo Finance kiritildi

Markaziy bank uchta yangi mikromoliya tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari reyestriga “ADL Moliya”, “Prizma Kapital” va “Avo Finance” kompaniyalarini kiritdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Barcha uchala tashkilot 2025-yil oktabr oyida ro‘yxatdan o‘tgan. “ADL Moliya” 2,5 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega bo‘lib, moliyaviy lizing xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning yagona ta’sischisi — Murad Buildings va NRG devlopment loyihalari asoschisi Murodjon Nazarov.

Qo‘qon shahrida joylashgan “Prizma Kapital”ning ustav fondi 52 mlrd so‘mni tashkil etadi. Uning egalari teng ulushlarda Nozimjon Jabborov va “Nurafshon Metan Savdo” ta’sischisi Mahmud Ahmedov hisoblanadi. Kompaniya kreditlash faoliyati bilan shug‘ullanadi.

“Avo Finance” esa AVO.uz bank guruhiga kiradi. Guruh tarkibida avval xususiylashtirilgan AVO bank ham mavjud bo‘lib, u Ruslan Adilbayev va Fonte Hedge Fund OEIC tomonidan nazorat qilinadi.

Hozirda O‘zbekistonda jami 132 ta mikromoliya tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi