Qoraqalpog‘istonda maynerlar uchun majburiy yig‘imlar bekor qilinishi mumkin

Yangi imtiyozlar Besqala Mining Valley maxsus zonasi hududida faoliyat yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga ham tatbiq etiladi

Qoraqalpog‘istonda maynerlar uchun majburiy yig‘imlar bekor qilinishi mumkin

Qoraqalpog‘istonda raqamli aktivlar bozori ishtirokchilari uchun belgilangan qat’iy yig‘imlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Tegishli o‘zgartirishlar loyihasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, Besqala Mining Valley maxsus zonasida faoliyat yuritayotgan maynerlar hamda kriptoaktivlar aylanmasi bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, jumladan kriptobirjalar, kriptodo‘konlar va kriptodepozitariylar qat’iy yig‘imlarni to‘lashdan to‘liq ozod etiladi. O‘zgartirishlar hujjat rasman qabul qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Tashabbusning jamoatchilik muhokamasi 18-iyungacha davom etadi.

Hozirda bozor ishtirokchilari uchun quyidagi oylik yig‘imlar amal qiladi:

  • maynerlar — 4,12 mln so‘m;
  • kriptodepozitariylar — 2,06 mln so‘m;
  • mayning-pullar — 41,2 mln so‘m;
  • kriptodo‘konlar — 76,22 mln so‘m;
  • kriptobirjalar — 304,88 mln so‘m.

Joriy yilning aprel oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston hududida Besqala Mining Valley maxsus zonasini tashkil etishni ma’qullagan edi. Mazkur hudud rezidentlariga raqamli aktivlarni qazib olish, sotish va ayirboshlash, shu jumladan mahalliy va xalqaro platformalarda yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida operatsiyalarni amalga oshirish huquqi berilgan.

Elektr energiyasini ishlab chiqarishda umumiy elektr tarmog‘i bilan bir qatorda muqobil energiya manbalaridan ham foydalanishga ruxsat etiladi. Umumiy tarmoqdan foydalanilganda to‘lovlar iste’molchilarning ikkinchi guruhi tariflari asosida ikki baravar miqdorda hisoblanadi.

Maxsus zona rezidenti maqomini faqat Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar olishi mumkin. Ular 2035-yilgacha daromad solig‘idan to‘liq ozod qilinadi, biroq tushumlarining 1%ini zona direksiyasi foydasiga o‘tkazib borishi shart.

May oyida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Besqala Mining Valley faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ham taqdim etgan edi. Unga ko‘ra, kompaniyalarga elektr energiyasini mustaqil ishlab chiqarish maqsadida uglevodorod qazib olishga ham ruxsat beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda aholi qarzdorligi bir yilda 10,5 trln so‘mga oshdi
/
O‘zbekistonda aholi qarzdorligi bir yilda 10,5 trln so‘mga oshdi
Paynet ustav kapitali 1 mlrd so‘mlik yangi venchur kompaniya tashkil etdi
/
Paynet ustav kapitali 1 mlrd so‘mlik yangi venchur kompaniya tashkil etdi
O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari 2029-yilgacha maxsus texnika importida bojxona bojidan ozod etiladi
/
O‘zbekistonda qurilish kompaniyalari 2029-yilgacha maxsus texnika importida bojxona bojidan ozod etiladi