O‘zbekistonda raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 112 mingdan oshdi  

Ayni vaqtda tizimda 754 ta ishlab chiqaruvchi va 2 841 ta importyor ishtirok etmoqda

O‘zbekistonda raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 112 mingdan oshdi  

2025-yilning 1-aprel holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 112,3 mingta nomdagi mahsulotlar kiritildi

Raqamli markirovka tizimida 754 ta ishlab chiqaruvchi va 2 841 ta importyor ishtirok etmoqda.

Raqamli markirovka — ayrim turdagi mahsulotlarni isteʼmol qadog‘iga markirovka kodi asosida yaradilgan identifikatsiyalash vositalarni (Data Matrix) qo‘llash jarayoni hisoblanadi

O‘zbekistonda raqamli markirovkalash tizimi joriy etilgan mahsulotlar: 

  • Tamaki mahsulotlari — 2021-yil 1-yanvardan;
  • Alkogol mahsulotlari — 2021-yil 1-yanvardan;
  • Pivo mahsulotlari — 2021-yil 1-aprel;
  • Maishiy texnika mahsulotlari — 2022-yil 15-aprel;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar — 2022-yil 1-sentabr; 
  • Suv va salqin ichimliklar — 2024-yil 1-mart.

O‘zbekistonda yanvar oyida ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy qilindi. Unga ko’ra, mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholanadi.

Shuningdek, 1-maydan o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni markirovkalash boshlanadi. Keyingi yildan boshlab esa ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash majburiy bo‘ladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida qoldirdi
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
/
O‘zbekistonda yangi bog‘lar barpo etish uchun imtiyozli kredit beriladi
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi
/
O‘zbekiston 2025-yil davomida 30 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotiladi