Uch yil ichida O’zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetadi — ILMA

Respublikada «E-commerce»da 50 dan ortiq marketpleyslar ro'yxatdan o'tgan

Uch yil ichida O’zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetadi — ILMA

2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida elektron tijorat bozori haqida panel muhokamasi bo’lib o’tdi. Soha mutaxassislari va hukumat vakillari O’zbekistonda investitsiyalarni ko’paytirish va onlayn biznesni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, shuningdek, mamlakatda elektron tijoratning hozirgi holati haqida so’zlab berishdi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) direktorining o’rinbosari Davron Maqsudov panel sessiyasida 2027 yilga kelib O’zbekistonda marketpleyslar aylanmasi $1 mlrdga yetishini ma’lum qildi.

Maksudov shuningdek, bugungi kunda O’zbekistonda yillik aylanmasi $300 mln bo’lgan «E-commerce»da 50 dan ortiq marketpleyslar ro’yxatdan o’tganligini ta’kidladi.

Shuningdek, u O’zbekistonda «Meta», «Google», «Apple» va «Booking.com» kabi 57 ta xorijiy kompaniyalar ro’yxatdan o’tganligini ma’lum qildi. Ushbu kompaniyalar 2023 yilda 70 mlrd so’m soliq to’lagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi
/
O‘zbekistonda 661 mingdan ortiq fuqaro kripto platformalarda ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziya berildi
/
O‘zbekistonda mayning faoliyati uchun ilk litsenziya berildi
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan