Markaziy bank “Yangi bank” litsenziyasini chaqirib oldi

Qaror ustav kapitali bo‘yicha minimal talablar bajarilmagani va qoidabuzarliklar sabab qabul qilindi

Markaziy bank “Yangi bank” litsenziyasini chaqirib oldi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi qaroriga muvofiq, “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi. Bu haqda Markaziy bank rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli samara bermagani bilan izohlangan. Xususan, bank ustav kapitali qonunchilikda belgilangan eng kam talab darajasiga yetkazilmagan, shuningdek banklar faoliyatiga oid ayrim majburiy talablar bajarilmagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan bank ustav kapitalining eng kam miqdori 500 mlrd so‘mni tashkil etishi lozim. Biroq 2026-yil 1-yanvar holatiga “Yangi bank” AJning ustav kapitali 355 mlrd so‘mni tashkil etgan. Markaziy bank tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir necha bor yozma ogohlantirishlar berilganiga qaramay, bank tomonidan yetarli amaliy choralar ko‘rilmagan.

Shuningdek, ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda belgilangan cheklovlarga rioya etilmagani va bank faoliyatida barqaror zararlar qayd etilgani litsenziyani chaqirib olish uchun asos bo‘lgani bildirildi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq, bankni tugatish tartibi boshlangan hamda tugatish komissiyasi tayinlandi. Unga tugatish jarayonini boshqarish vakolatlari berildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bankdagi 32 526 nafar omonatchining 32 153 nafariga kafolatlangan omonat mablag‘lari to‘liq qaytariladi. Qolgan 373 nafar omonatchi bo‘yicha mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish jarayoni doirasida qaytariladi. Omonatlarni qaytarish bo‘yicha aniq ma’lumotlar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan e’lon qilinadi.

Markaziy bank ushbu jarayon doimiy nazorat ostida ekanini va jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilishini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tojikiston va Eron 2026-yil martdan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vizani bekor qiladi
/
Tojikiston va Eron 2026-yil martdan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun vizani bekor qiladi
2026-yilda 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik talablari asosida modernizatsiya qilinadi
/
2026-yilda 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik talablari asosida modernizatsiya qilinadi
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimi joriy etiladi