Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o’zgarishsiz qoldirdi

Shuningdek, Markaziy bank yil oxirigacha inflyatsiya pasayishini kutmoqda

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o’zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5% darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Iqtisodiyot yuqori iste’mol talabi va ayrim tovarlar hamda xizmatlar narxining oshishi tufayli inflyatsiya bosimi ostida qolmoqda. Inflyatsiyani 5%ga tushirish uchun Markaziy bank asosiy stavkani 13,5% darajasida saqlab qoldi.

Yillik inflyatsiya sentabr oyida 10,5%ni tashkil etib, bazaviy inflyatsiya xizmatlar va mahsulotlar narxining o’sishi natijasida 7,1%ga yetdi. Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlari narxi biroz pasayishi inflyatsiyaning umumiy o’sishini cheklaydi.

Uy xo’jaliklari va korxonalar o’rtasida inflyatsiya kutilmalari yuqoriligicha qolmoqda – mos ravishda 13,3% va 12,6%. Yil oxirida qattiq pul-kredit siyosati tufayli inflyatsiya 9,5%gacha pasayishi kutilmoqda.

Iqtisodiyotda yanvar-sentyabr oylarida 6,6%ga o’sish kuzatildi. Bu asosan investitsiyalar va transchegaraviy pul o’tkazmalarining yuqorilashi hisobiga bo’ldi. 

Shuningdek, joriy yilda YaIMning o‘sishi 6-6,5%ni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Bundan oldin, 27-iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 0,5% punktga yillik 13,5%ga tushirishga qaror qilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Singapour kompaniyasi O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etadi
/
Singapour kompaniyasi O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonani tashkil etadi
Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
/
Starlink 2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)
/
Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarni mukofotladi (ro‘yxat)