O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 175 trln so‘mdan oshdi

Qayta ishlash sanoati umumiy ishlab chiqarishning 83%dan ortig‘ini tashkil etdi

O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 175 trln so‘mdan oshdi

2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi 175 trln so‘mdan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Umumiy hajmning asosiy qismi qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri kelib, uning ulushi 83,8%ni tashkil etdi. Ushbu o‘sish asosan mashina va uskunalar ishlab chiqarish hajmining ortishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, tamaki va charm mahsulotlari ishlab chiqarish kamaygani qayd etildi.

Hisobot davrida iste’mol sektorida inflyatsiya 1,3%ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,7%ga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,7%ga, xizmatlar esa 1,4%ga qimmatlashdi.

Qurilish ishlari hajmi 29,1 trln so‘mdan oshdi. Uning qariyb yarmi kichik biznes va mikrofirma subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Chakana savdo aylanmasi 69,8 trln so‘mga yetib, 17,4%ga o‘sdi. Bu sohada kichik biznes ulushi 69,5%ni tashkil etdi. Norasmiy savdo hajmi esa 8,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Tashqi savdo aylanmasi 7,1%ga oshib, $11,6 mlrdga yetdi. Shu bilan birga, eksport 23,4%ga kamayib, $3,5 mlrdni tashkil etdi, import esa 29,8%ga oshib, $8,05 mlrdga yetdi. Eksport tarkibida sanoat mahsulotlari ustunlik qilgan bo‘lsa, importda mashina va transport uskunalari yetakchi o‘rinni egalladi.

Bozor xizmatlari hajmi 168,1 trln so‘mga yetdi. Mart oyi boshiga kelib, mamlakatda 486,4 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Eng ko‘p korxonalar Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni esa 18,77 ming taga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi