“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin

City Football Group o‘zbek jamoasini o‘zining xalqaro tuzilmasiga kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

“Manchester Siti” egasi O‘zbekiston futbol klubini sotib olishi mumkin

Angliyaning “Manchester Siti” klubiga egalik qiluvchi City Football Group (CFG) O‘zbekistonning futbol klublaridan birini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov “Chempionat Aziya” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Abduqodir Husanov “shaharliklar” safiga o‘tganidan so‘ng, o‘zbek futboliga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaygan. Hozirda mahalliy klublardan birini CFG tarkibiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kelajakda “Manchester Siti” tarkibiga yana bir o‘zbekistonlik futbolchining o‘tishi ehtimoldan xoli emas.

City Football Group dunyoning bir qator klublariga egalik qiladi. Bular qatoriga Angliyaning “Manchester Siti”, Avstraliyaning “Melburn Siti”, AQShning “Nyu-York Siti” (MLS), Hindistonning “Mumbay Siti”, Urugvayning “Montevideo Siti Torke”, Fransiyaning “Trua”, Belgiyaning “Lommel”, Italiyaning “Palermo” va Braziliyaning “Baiya” klublari kiradi.

Bundan tashqari, guruh Ispaniyaning “Jirona”, Xitoyning “Shenzhen Peng City”, Yaponiyaning “Iokogama F. Marinos” klublarida ulushlarga ega va Boliviyaning “Bolivar” klubi bilan maslahat hamkorligi asosida hamkorlik qiladi. Xolding egasi Shayx Mansur Ol Nahayon hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
/
“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
/
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi