Prezident tashrifi doirasida Malayziya bilan hamkorlikda 10 ta bitim imzolandi
Xususan, mamlakat “halol” standartlariga muvofiqligini baholashni rejalashtirmoqda

Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, mahsulotlarning “halol” standartlariga muvofiqligini baholash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim ham imzolangan. Avval xabar berilganidek, O‘zbekistonda 2025-yil may oyidan boshlab mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamg‘alashga ruxsat beriladi.
Shuningdek, quyidagi hujjatlar qabul qilindi:
- Bojxona ishida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida bitim;
- Oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- Akademik-diplomatik hamkorlik to‘g‘risida bitim;
- “Aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- 2025-2026-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shma reja.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ