Magnum do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston bozorida faoliyatini yakunlamoqda

Do‘konlarning bir qismi allaqachon yopilgan, qolganlarida mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda

Magnum do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston bozorida faoliyatini yakunlamoqda

Qozog‘istonning Magnum savdo tarmog‘i O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda Forbes.kz xabar berdi.

Kompaniyaning rasmiy veb-saytida Toshkentdagi oltita savdo shoxobchasi, xususan, beshta supermarket va bitta gipermarket ko‘rsatilgan. Toshkentdagi do‘konlarning bir qismi allaqachon yopilgan, qolganlarida esa qolgan mahsulotlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda.

Magnum O‘zbekistondagi faoliyatini 2021-yil dekabr oyida 5 ming kvadrat metr maydonli birinchi gipermarketni ochish bilan boshlagan, keyinchalik esa supermarket ham ishga tushirgan edi. Dastlab, kompaniya birinchi yilda $20 mln sarmoya kiritishini va bozorga kirish uchun ikki yil tayyorgarlik ko‘rganini ma’lum qilgandi.

2023-yil avgust oyida Magnum Carrefour tarmog‘iga egalik qilgan Majid Al Futtaimning O‘zbekistondagi tuzilmasini sotib oldi va oltita do‘konga ega bo‘ldi: beshtasi Toshkentda va bittasi Samarqandda joylashgan. Bu do‘konlarning barchasi Magnum brendi ostiga o‘tishi rejalashtirilgandi. O‘sha yilning noyabr oyiga kelib, kompaniya poytaxtda yettita savdo nuqtasiga ega bo‘lgan va 2024-yilda tarmog‘ini kengaytirish rejalarini e’lon qilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi
/
Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt boʻyicha startaplarga $100 mln yoʻnaltiriladi
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
/
O‘zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qiymati tushdi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga qo‘llanilgan asossiz jarimalar uchun javobgarlik joriy etiladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga qo‘llanilgan asossiz jarimalar uchun javobgarlik joriy etiladi