O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun loyiha ofisi tashkil etiladi

Prezident tegishli farmonni imzoladi

O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun loyiha ofisi tashkil etiladi

O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun loyiha ofisi tashkil etiladi. Bu haqda prezident farmonida aytilgan.

Ushbu ofis agrar sanoat va oziq-ovqat sohasini isloh qilish bilan shug’ullanadi. U har oy prezident ma’muriyatiga islohotlarning borishi to’g’risida hisobot beradi.

Bundan tashqari, ofis eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni tekshirish uchun mamlakatning turli mintaqalarida uchta laboratoriya tashkil etish bilan shug’ullanadi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun xorijiy investorlardan $3,4 mln jalb qilish rejalashtirilgan.

Ofis, shuningdek, resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va agrosanoat sektorini raqamlashtirish bo’yicha tashabbuslarni ishlab chiqish ustida ishlaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi