O‘zbekistonda “Leapmotor” avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi

Qayta tekshiruvda MTning 10-son qoidalari talablariga muvofiq topildi

O‘zbekistonda “Leapmotor” avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi

O‘zbekistonda “Leapmotor” avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi. Bu haqda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) matbuot xizmati xabar berdi.

Mart oyida Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisiga C16 modelida aniqlangan nomuvofiqlik sabab, sertifikatlash to‘xtatilib, UzTest Zhejiang Leapmotor Technology Co. LTD kompaniyasiga murojaat bilan chiqdi. Natijada, 7-aprelda Leapmotor vakili Gu Jiven boshchiligidagi delegatsiya bilan mazkur masala muhokama qilingandi.

14-aprel kuni O‘zbekistonga olib kelingan C16 rusumidagi 2 ta avtomobil UzTestning Piskentdagi Elektromagnit moslashuvchanlik sinov laboratoriyasida qayta sinovlardan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu avtomobil BMTning 10-son qoidalari talablariga muvofiq topildi hamda Leapmotor kompaniyasiga shartli ravishda mazkur tovar belgili transport vositalarini mamlakatda muomalaga chiqarishga ruxsat berildi.

Bunda kompaniyaga bir nechta majburiyat yuklatildi. Ulardan asosiysi, nomuvofiqlik aniqlanganda ularni bartaraf etish hamda iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun rasmiy vakil — O‘zbekistonda rezident (yuridik shaxs) ni belgilashdir.

Import qilinayotgan “Leapmotor” tovar belgisi ostidagi barcha avtomobillar turini ma’qullash uchun tegishli hujjatlarni taqdim qilish talab etiladi. Shuningdek, “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqarilayotgan korxonalarda jarayon va shartlarni o‘rganish hamda baholash so‘ralgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg O‘zbekistonda QQS to‘lovchisiga aylandi
/
Bloomberg O‘zbekistonda QQS to‘lovchisiga aylandi
“O‘zsanoatqurilishbank” ning 2025-yilda sof foydasi 400 mlrd so‘mdan oshdi
/
“O‘zsanoatqurilishbank” ning 2025-yilda sof foydasi 400 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,2 mln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda 5 grammlik oltin quyma narxi ilk bor 7,2 mln so‘mdan oshdi