Qoraqalpog‘istonda tuzni qayta ishlash uchun Kungrad Salt Free Zone tashkil etiladi

Konga 2026−2030-yillarda jami $200 mln miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan

Qoraqalpog‘istonda tuzni qayta ishlash uchun Kungrad Salt Free Zone tashkil etiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi. Hujjatdan maqsad — “Barsakelmes” tuz konining mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Qarorga ko‘ra, “Barsakelmes” tuz konida 2026-yilda kamida $50 mln miqdoridagi investitsiya o‘zlashtiriladi. Shuningdek, 2026−2030-yillarda jami $200 mlndagi investitsiyalar jalb qilinadi.

Konda qo‘shimcha infratuzilma tashkil etish orqali tuzni qayta ishlash uchun qulay sharoit yaratish, dunyo bozoridagi yirik investorlarni jalb qilib, yangi eksport bozorlarini o‘zlashtirish ko‘zla tutilgan.

Qo‘ng‘irot tumanidagi “Barsakelmes” tuz koni hududida (“Ustyurt” ovul fuqarolar yig‘inidan) chegaralarda tuzni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan Kungrad Salt Free Zone sanoat zonasi tashkil etiladi. Yil so‘nggigacha sanoat zonasining bosh rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

2025−2026-yillarda 50 gektar yer uchastkasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi, kelgusi yillarda zaruratdan kelib chiqib, sanoat zonasi hududi 200 gektargacha kengaytirib boriladi.

Sanoat zonasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni boshlagan tadbirkorlarga 5 yil muddatga “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi maqomi beriladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda mavjud tuz zaxiralarini va istiqbolli tuz konlarini aniqlash va o‘zlashtirish maqsad qilingan. Bunda istiqbolli tuz konlari aniqlanib, ular haqidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Raqobat qo‘mitasi “Uzum nasiya” nomidan firibgarlik holatlari haqida ogohlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi “Uzum nasiya” nomidan firibgarlik holatlari haqida ogohlantirdi
Andijon viloyatida yana bir pullik avtomobil yo‘li quriladi
/
Andijon viloyatida yana bir pullik avtomobil yo‘li quriladi
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yirik energiya saqlash tizimlari quradi
/
BAA kompaniyalari O‘zbekistonda yirik energiya saqlash tizimlari quradi