Salom Card: kundalik xarajatlarni jamg‘armaga qanday aylantirish mumkin
TBC Bank hamkorlaridan qilingan xaridlar uchun 5% keshbek beriladi

Zahro har oy oziq-ovqat, yo‘l kira, kommunal xizmatlar, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy ehtiyojlari uchun 6–7 million so‘m sarflaydi. U deyarli naqd pul ishlatmaydi va barcha to‘lovlarni TBC Bank’ning Salom Card’i orqali amalga oshiradi, chunki bu qulay va ko‘pincha foydaliroq ham. Kartaning afzalliklari va Zahro nima uchun aynan shu kartani tanlagani haqida maqolada batafsil hikoya qilamiz.
Nega aynan Salom Card?
Zahroning bir nechta bank kartalari bor, lekin kundalik xaridlar uchun u faqat Salom Card’dan foydalanadi. Dastlab uning e’tiborini kartaning chiroyli dizayni va TBC UZ ilovasi orqali boshqa bank kartalariga foizsiz pul o‘tkazish imkoniyati tortdi. Keyinchalik esa Zahro karta orqali keshbek olish mumkinligini, bank sarflangan pullarning bir qismini kartaga qaytarishini ham bilib oldi.
Masalan, agar u bir oyda Korzinka Go ilovasida oziq-ovqat uchun 1 million so‘m sarflasa, bank unga 50 ming so‘m qaytaradi. Bu ball yoki boshqa do‘konda chegirma emas, balki haqiqiy pul bo‘lib, uni yechib olish yoki qayta sarflash mumkin.
Keshbek hech qanday qo‘shimcha amallarsiz, avtomatik tarzda hisoblanadi. Zahro kartadan to‘lov qiladi va keyingi oy davomida pul uning hisobiga qaytib tushadi.
Odatiy xaridlardan qancha qaytadi
Salom Card bo‘yicha keshbek 5% bo‘lib, u TBC Bank hamkorlaridan qilingan xaridlar uchun beriladi. Hamkorlar orasida supermarketlar, taksi, oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari, qahvaxonalar va hatto chipta sotish servislarigacha bor. Ba’zan maxsus aksiyalar ham o‘tkaziladi, bunda keshbek miqdori yanada yuqoriroq bo‘ladi. Masalan, 8-mart kuni gullar, Bloom do‘konida kosmetika hamda La Cantine yoki Cucucina kabi restoranlarda xaridlar uchun alohida takliflar bo‘lgan.
Zahroning xarajatlari:
Taksi. Zahro ko‘pincha konditsionerli “Comfort+” tarifidan foydalanadi. Jaziramada jamoat transportida yurish qiyin. Iyul oyida taksiga 1 890 000 so‘m sarfladi va 94 500 so‘m keshbek oldi.
Oziq-ovqat yetkazib berish. Zahro uydan ishlagani uchun ko‘pincha taomlarni uyga buyurtma qiladi, masalan, kuksi, smuzi, muzqaymoq. Iyul oyida u 2 500 000 so‘m xarajat qildi, bank esa unga 125 000 so‘m keshbek qaytardi.
Mahsulot va maishiy kimyo vositalari. Zahro zarur narsalarning ko‘pini Korzinka Go ilovasi orqali buyurtma qiladi. O‘tgan oy Zahro 1 750 000 so‘mlik xarid qilgan, 87 500 so‘m kartasiga bonus tarzida qaytgan.
Qahva. Oyiga bir necha marta sevimli qahvaxonalariga kiradi. Costa Coffee’da ham 5% keshbek olish mumkin, 250 000 so‘m sarflab, 12 500 so‘mni qaytarib oldi.
Vaziyatga qarab xarajatlar ham turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash, Olma’dan xarid qilish yoki KFC’da ovqatlanish. Bunday xaridlar uchun ham keshbek qaytariladi.
Keshbekni nima qilish mumkin?
Keshbek oy davomida Salom Card’ga tushadi, iyul oyida Zahroga 319 500 so‘m qaytarildi. Odatda u qaytgan pulni uyni ta’mirlash uchun yig‘ayotgan jamg‘armasiga o‘tkazadi. Ba’zida esa tejash imkoni bo‘lmaydi va u bu pullarni kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat yoki boshqa xarajatlarga sarflaydi.
Salom Card’ni TBC ilovasi orqali onlayn rasmiylashtirish mumkin. Jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi, karta uyingizgacha yoki eng yaqin TBC nuqtasigacha yetkazib beriladi. Keyin hammasi oddiy: hamkorlardan xarid qilasiz va sarflagan pulingizning bir qismi avtomatik tarzda kartangizga qaytadi. Hech qanday qo‘shimcha sozlamalar shart emas.
*Cheklovlar mavjud. Batafsil tbcbank.uz saytida “Hujjatlar” bo’limida.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ