Talabalarga kontrakt to’lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi
Bu bazaviy yoki super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va o‘qishi ko‘chirilgan talabalarga taalluqli
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2024-2025-o’quv yilida OTMlarining bakalavriat va magistratura talabalariga shartnoma to’lovlarini toʻlash muddati joriy yilning 1-dekabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu quyidagi talabalarga amal qiladi:
- bazaviy yoki super-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
- qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Ushbu qabul parametrlari asosida qabul qilinganlar bir yillik to’lov-kontrakt qiymatining 25%ni to’lashlari kerak. «Super» kontrakt asosida o’qimoqchi bo’lganlar esa bir yillik o‘qish qiymatining kamida 50% miqdorida to’lov qilishlari lozim.
Shuningdek, OTM rahbari tomonidan ikkinchi va undan yuqori bosqichdagilar uchun kontraktni to’lash muddati uzaytirilishi mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ