O‘zbekistondagi kichik AESning qiymati $1 mlrddan kam bo‘ladi

Stansiya qurilishi uchun ajratilgan maydonchada olib borilayotgan ishlar davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi kichik AESning qiymati $1 mlrddan kam bo‘ladi

O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra $1 mlrddan oshmaydi. Bu haqda AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamol Qalmuatov Podrobno nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qalmuatovning so‘zlariga ko‘ra, stansiya qurilishi uchun maydonni tayyorlash ishlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. U bu loyiha “to‘liq o‘zbek loyihasi” ekanini, ya’ni u milliy tusdagi tashabbus bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Loyihaning yakuniy qiymati shartnoma imzolangandan so‘ng aniqlanadi.

Qalmuatov tushuntirishicha, loyiha umumiy qiymatining qariyb 60% birinchi bosqichga to‘g‘ri keladi, qolgan 25–40% esa tanlanadigan reaktor turiga bog‘liq. Uning aytishicha, kichik AESdagi reaktorlar sonining oltitadan ikkita reaktorga kamaytirilishi loyiha qiymatining uch baravar kamayishini anglatmaydi.

Bu avval aytilgan summaning taxminan yarmi yoki biroz ko‘prog‘ini tashkil etadi, — dedi u. Qalmuatov, shuningdek, kichik AESning katta quvvatli stansiya bilan integratsiyasi tufayli loyiha umumiy qiymati yanada kamayishini qayd etdi.

Ma’lumki, Jizzax viloyatida ikkita AES qurilishi boshlanadi. Loyiha Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bitta maydonda ikkita yirik (har biri 1000 MVt quvvatda) va ikkita kichik (har biri 55 MVt quvvatda) reaktor barpo etilishi rejalashtirilgan. Umumiy quvvat 2,1 GVtni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida O‘zbekiston va “Rosatom” Jizzax viloyatida AES qurilishini boshlash bo‘yicha bitim imzolagan edi. Birinchi bitim loyiha konfiguratsiyasini belgilab, ikkita katta quvvatli VVER-1000 (3+ avlod) va ikkita kichik quvvatli RITM-200N reaktorlarini o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan AES qurilishini nazarda tutadi. Ikkinchi bitim esa reaktorlar uchun yadro yoqilg‘isi, zaxira qismlar va nazorat uskunalari yetkazib berishni qamrab oladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi
/
Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi