Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida harakat yana 4 kunga cheklanadi

Shu sababli Foziltepa va Beshqayrag‘och ko‘chalari oralig‘ida harakat bir tomonlama bo'ladi

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida harakat yana 4 kunga cheklanadi

T️oshkent shahri Uchtepa tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida 27-noyabr 22:00 dan 1-dekabr 22:00 gacha avtomobillar harakati cheklanadi.

Shahar hokimligining ma’lum qilishicha, hozirda KHAYda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli uning Foziltepa ko‘chasi kesishmasidan Beshqayrag‘och ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l qismi shu muddat ichida bir tomonlama harakat vaqtincha to‘xtatiladi.

Ma’muriyat haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, aynan shu hududda 21-noyabr soat 20:00 dan 24-noyabr soat 06:00 gacha ham transportlar harakati cheklangandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi
/
O‘zbekiston 2030-yilgacha fintexga $1 mlrd investitsiya jalb qiladi
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport uchun ijara to‘lovi eng kam stavkalari oshirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport uchun ijara to‘lovi eng kam stavkalari oshirilishi mumkin
Transport vaziri Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvchilari uchun viza talablari soddalashtirishni taklif qildi
/
Transport vaziri Trans-Kaspiy yo‘lagi bo‘ylab xalqaro yuk tashuvchilari uchun viza talablari soddalashtirishni taklif qildi