Kapitalbank EMBRAS 2025 xalqaro mukofoti g‘olibiga aylandi
Kapitalbank “Innovatsiyalar” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi

Kapitalbank nufuzli xalqaro Employer Brand Award & Summit (EMBRAS) 2025 mukofotining “Innovatsiyalar” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Bank mazkur sammitda xodimlarning o‘qishi va rivojlanishiga qaratilgan Kapital People mobil ilovasi hamda sun’iy intellekt yordamida o‘quv kurslarini yaratish tizimini ommaga taqdim etdi.
Taqdirlash marosimi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Markaziy Osiyo, Rossiya hamda Belarus davlatlaridan taqdim etilgan loyihalar qatnashdi. Ishtirokchilarning ishlari 15 mamlakatdan ekspertlar tomonidan baholandi. Marosimdan “Biznes-natija”, “Iste’dodlarni rivojlantirish”, “Ezgu ishlar”, “Innovatsiyalar” va boshqa nominatsiyalar o‘rin oldi. “Innovatsiyalar” yo‘nalishida oltin medalni — Kapitalbank, kumush medalni – UZINFOCOM, bronzani esa UzCarlsberg va Beeline Uzbekistan kompaniyalari qo‘lga kiritishdi. G‘oliblarga mukofotni Markaziy Osiyo Fintex Assotsiatsiyasi raisi, Cyber Park va AICA ekspertlar kengashi a’zosi Otabek Nasirov topshirdi.
Kapital People — jamoani oldinga olib boruvchi innovatsiyalar
Kapitalbankka g‘alaba olib kelgan Kapital People loyihasi — bu korporativ ijtimoiy tarmoq va masofaviy o‘qitish imkoniyatlarini birlashtirgan mobil ilova bo‘lib, unda kompaniya yangiliklari, interaktiv kurslar va sun’iy intellekt asosida yaratilgan o‘quv dasturlari jamlangan.
Platformaning asosiy imkoniyatlari:
• Raqamli kutubxona — professional va motivatsion adabiyotlar to‘plami;
• Onlayn mukofotlar do‘koni — xodimlarga faollik va o‘quv kurslarida qo‘lga kiritgan natijalari uchun to‘plagan ballarini maxsus merchga almashtirish imkonini beruvchi e-shop (O‘zbekistonda ilk bor iSpring bilan hamkorlikda yaratilgan loyiha);
• O‘qitish tizimida geymifikatsiya — xodimlarni kurslarga jalb qilish va rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi ballar va mukofotlar tizimi.
So‘nggi to‘qqiz oy ichida bank xodimlarining 95% ushbu tizimdan foydalangan — har bir xodim o‘rtacha 12 ta o‘quv kursidan o‘tgan. Yuqori faollikni o‘tgan yilgi natijalarda ham ko‘rish mumkin — 2024 yilda Kapitalbank xodimlari Kapital People tizimi orqali 10 ming martadan ortiq onlayn kurslardan o‘tgan.
Bunday nufuzli xalqaro mukofotni qo‘lga kiritish HR-jamoamiz faoliyatining muhim e’tirofi bo‘lib, u xodimlarni o‘qitishdagi innovatsion yondashuvimiz to‘g‘riligini yana bir bor tasdiqlaydi. Biz xodimlarimizning uzluksiz professional rivojlanishi uchun zamonaviy texnologiyalar va samarali metodikalarga tayangan holda sharoit va imkoniyatlarni izchil yaratishda davom etamiz, — deydi Kapitalbank Kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi Oksana Lindina.
Kelajakda bank HR yo‘nalishidagi innovatsion loyihalarni rivojlantirish, ilg‘or yechimlarni joriy etish va zamonaviy korporativ madaniyatni shakllantirishni davom ettiradi – bunda texnologiyalar insonlar o‘sishi va professional rivojlanishiga xizmat qiladi.
EMBRAS 2025 mukofoti – HR brending sohasidagi yirik xalqaro tadbir bo‘lib, u kadrlar boshqaruvi tizimining o‘ziga xos “Oskar” mukofoti deb e’tirof etiladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ