1-maydan boshlab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lanadi

Kompensatsiya elektr energiyasining 150 kVt soatigacha, gazning 150 kub metrigacha miqdorida beriladi

1-maydan boshlab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lanadi

Yoqilg‘i-energetika sohasida ehtiyojmand aholiga davlat yordam beradi. Prezident bu bo‘yicha qarorni imzoladi.

Xususan, ehtiyojmand, kambag‘al oilalarga gaz va elektr to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lanadi

Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi:

Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga. Ushbu tizimga oilada necha kishi bo‘lsa, ularning birgalikdagi oylik daromadi teng taqsimlanganda 669 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi.

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga. Bunda tizimga oilaning bir oylik daromadi har bir a’zoga taqsimlanganida, 1 mln 155 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi. 

Shuningdek, ikkala reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir oila a’zosiga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalarga gaz va elektr to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Ma’lumot uchun: 2025-yil mart oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalar 746 149 tani tashkil etmoqda.

Qancha kompensatsiya beriladi?

  • elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan (ya’ni, 200kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
  • gaz uchun – noyabr-fevral oylarida bazaviy me’yordan (ya’ni, 500 kub metrdan) ko‘p foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.

Bunda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. Masalan, bir oila 1 oyda 350 kVt elektr ishlatsa, uning 200 kVti uchun 600 so‘mdan to‘laydi, 201 kVtdan – 350 kVtgacha bo‘lgan 150 kVt uchun esa davlat kompensatsiya beradi.

Ilgari kompensatsiya faqat qish mavsumida, ya’ni noyabr-fevral oylarida berilgan bo‘sa, endilikda yil bo‘yi har oyda beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
/
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
/
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda