JPMorgan Chase & Co oltin narxi bo‘yicha prognozni $6300 gacha oshirdi

Tahlilchilarga ko‘ra, markaziy banklar va investorlar tomonidan yuqori talab saqlanib qoladi

JPMorgan Chase & Co oltin narxi bo‘yicha prognozni $6300 gacha oshirdi

Amerikaning yirik moliyaviy guruhi — JPMorgan Chase & Co oltin bozoriga oid prognozlarini qayta ko‘rib chiqdi va 2026-yil oxiriga kelib bir unsiya oltin narxi $6300 ga yetishini kutmoqda. Bu haqda Investing.com bank hisobotiga tayanib xabar berdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlardagi narx tebranishlariga qaramay, oltinning uzoq muddatli o‘sish tendensiyasi saqlanib qolmoqda. Bunga asosiy sabab sifatida markaziy banklarning zaxiralarni diversifikatsiya qilish siyosati ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning to‘rtinchi choragida markaziy banklar qariyb 230 tonna oltin sotib olgan. O‘tgan yil davomida umumiy xarid hajmi 863 tonnani tashkil etgan. 2026-yilda ham davlat sektori tomonidan talab taxminan 800 tonna darajasida bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, xususiy investorlar ham oltin bozoriga faol qiziqish bildirmoqda. Birja fondlariga (ETF) mablag‘ oqimi oshgan, shuningdek, quyma va tangalarga talab barqarorligicha qolmoqda. Mutaxassislar oltinni makroiqtisodiy va geosiyosiy xatarlar fonida ishonchli himoya vositasi sifatida baholamoqda.

Bank ekspertlarining fikricha, hozirgi yuqori narxlar real talab bilan mustahkamlangan bo‘lib, sun’iy “pufak” xarakteriga ega emas.

Kumush bozorida esa vaziyat nisbatan noaniqroq. Narxlarning keskin oshishidan so‘ng mutaxassislar ehtiyotkor pozitsiyani egallamoqda. Chunki bu metall markaziy banklar tomonidan oltin kabi faol qo‘llab-quvvatlanmaydi. Qisqa muddatda narxlar tuzatilishi mumkin, biroq $75–80 oralig‘i asosiy tayanch daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, uzoq muddatda kumushning yuqori narxlari bozor muvozanatini tiklashga va mavjud tanqislikni kamaytirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda Markaziy bank 488,5 trln so‘mlik obligatsiyalarni muomalaga chiqardi
/
2025-yilda Markaziy bank 488,5 trln so‘mlik obligatsiyalarni muomalaga chiqardi
Markaziy bank aktivlari va pul bazasi 2025-yilda sezilarli oshdi
/
Markaziy bank aktivlari va pul bazasi 2025-yilda sezilarli oshdi
O‘zbekistonda ko‘mir sohasini rivojlantirish uchun $5,5 mlrd yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda ko‘mir sohasini rivojlantirish uchun $5,5 mlrd yo‘naltiriladi