“Radarlar” orqali jarimalar 48 soat ichida rasmiylashtirilmasa bekor qilinadi

Velosiped, skuter va samokatlardagi qoidabuzarliklarga ham javobgarlik belgilandi

“Radarlar” orqali jarimalar 48 soat ichida rasmiylashtirilmasa bekor qilinadi

28-oktyabr kuni prezident tomonidan imzolangan qonunga ko’ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, kichik hajmli elektr dvigatelli transport vositalarini va individual harakatlanish vositalarini boshqarish vaqtida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

Shuningdek, tez tibbiy yordam hamda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari transport vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’muriy ishlarni ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish maqsadida tugatish tartibi joriy etildi. 

Shu bilan birga, maxsus avtomatlashtirilgan “radarlar” orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi jarima 48 soat ichida rasmiylashtirilib tegishli shaxsga yuborilmagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik bekor qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi