Jamg‘armalar bilan nima qilish kerak: Way II ko‘chmas mulkka investitsiyalar va investitsiya paketlarini taqqoslaydi

Ko‘proq daromad keltiradigan, lekin doimiy nazoratni talab qilmaydigan vositalardan biri bu investitsiya

Jamg‘armalar bilan nima qilish kerak: Way II ko‘chmas mulkka investitsiyalar va investitsiya paketlarini taqqoslaydi

2025-yilda investitsiyalarning formati va mantiqi o‘zgarib bormoqda. Bozorda turli darajadagi ishtirok, kirish imkoniyati, muddat va mexanizmlarga ega bo‘lgan yechimlar mavjud. Endilikda shaxsiy moliyani boshqarishga bo‘lgan yondashuv ongliroq tus olmoqda: investorlar nafaqat kutilayotgan daromadni, balki uning muddati, xavf darajasi va kirish shartlarini ham sinchiklab baholamoqda. Ushbu maqolada ikki xil vosita — ko‘chmas mulk va investitsiya paketlari — taqqoslab ko‘riladi.

Ko‘chmas mulk: ishonchli aktiv, lekin doimiy daromad kafolati emas

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Oldingi yillarda sektor jadal rivojlanib, xonadonlar soni 2017-yildagi 5,9 mlndan 2024-yilda 7,6 mlnga yetgan. Bu holat sotuvlar va narxlarning oshishiga, shuningdek, investorlar qiziqishining ortishiga olib kelgan.

Biroq, 2024-yilda tuzilgan bitimlar soni kamaydi — 2023-yilda 272,4 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 256,5 mingta bo‘ldi. Shu bilan birga, qurilish hajmi yuqori bo‘lib qoldi — 2023-yilda 14,8 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Taklif talabdan oshib ketdi. Natijada, 2024-yilda so‘mdagi nominal narxlar 10,8% ga oshdi (solishtirish uchun — 2023-yilda bu ko‘rsatkich 29% edi). Ammo bu raqam investor uchun real foydani aks ettirmaydi: inflyatsiyani hisobga olgan holda, narxlar real o‘sishi 0,9% ni tashkil etadi, ayrim hollarda esa, bitim xarajatlari tufayli foyda butunlay yo‘qoladi.

So‘nggi yillardagi ko‘chmas mulk bozorining asosiy harakatlantiruvchi omili ipoteka kreditlari edi. 2022-yilda banklar tomonidan 14,4 trln so‘mlik ipoteka krediti berilgan — bu 2021-yilga nisbatan 47% ko‘p. Bu talabni kuchaytirib, narxlarning o‘sishiga turtki bo‘lgan. Ammo 2023-yilda bu o‘sish 12% gacha sekinlashgan, 2024-yilda esa — atigi 6%. 2025-yil yanvar holatiga ko‘ra, ipoteka stavkalari o‘rtacha 25,3% yillikni tashkil etmoqda. Ipoteka endilikda o‘sish omili emas, balki bozorni barqarorlashtiruvchi vosita sifatida ishlamoqda: talabni ushlab turadi, lekin uni oshirmaydi.

Shuningdek, ijara daromadliligi ham kamaymoqda. 2025-yil boshiga kelib, Toshkentda yillik ijara daromadi taxminan 9% ni tashkil etdi. Uy-joyning o‘zini oqlash muddati 7,5 yildan 11 yilgacha uzaydi. Investorlar esa ta’mirlash, ijarachilar o‘zgargan paytdagi tanaffuslar, soliqlar va xizmat ko‘rsatish xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk barqaror va tushunarli aktiv bo‘lib qolmoqda, biroq tezkor daromadni kafolatlamaydi. Bu vosita uzoq muddatli sarmoyalar uchun mos bo‘lib, qo‘shimcha xarajatlarga va past likvidlikka tayyorlikni talab etadi.

Investitsiya kompaniyalari: tushunarli mexanizmdagi muqobil yechim

2025-yilda investorlar tobora ko‘proq daromad keltiradigan, lekin chuqur bilim yoki doimiy nazoratni talab qilmaydigan vositalarni izlamoqda. Shunday yechimlardan biri — investitsiya kompaniyalari taklif qilayotgan paketlar bo‘lib, ular soddaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonda bunday modelni birinchilar qatorida Way II kompaniyasi taklif etdi. Ularning investitsiya paketlari oldindan belgilangan yillik daromad — 10% dan 15% gacha — asosida yaratilgan bo‘lib, har yarim yilda to‘lov amalga oshiriladi. Investor daromadi investitsiya kiritilgan kompaniyalarning foydasidan shakllanadi. Eng muhimi shundaki, Way II investitsiya vositalari Islom moliyalashtirish me’yorlariga to‘liq mos keladi, bu esa Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.

Yana bir ustunlik — kirish uchun talab qilinadigan minimal miqdorning pastligi. Paketlar 14,3 mln so‘mdan boshlanadi, bu esa keng auditoriyaga kirish imkonini beradi. Solishtirish uchun: ko‘chmas mulkka investitsiya qilish uchun kamida o‘n minglab dollarlik boshlang‘ich kapital talab etiladi. Way II orqali esa kredit olmasdan yoki katta mablag‘ni muzlatib qo‘ymasdan sarmoya kiritish mumkin.

Amaliy isbot: Way II daromadliligi — 13,6% yillik

2025-yil mart oyida Way II kompaniyasi Akfa Aluminium Group bilan hamkorlikdagi loyiha bo‘yicha ishtirokchilarga birinchi daromad to‘lovini amalga oshirdi. Investitsiya paketlari uch bosqichda taklif etildi, birinchi bosqich 2024-yil 17-avgustda boshlangan va atigi 15 daqiqada to‘liq sotilgan. Bir bosqichda kompaniya 104,775 mlrd so‘m mablag‘ jalb qilgan. Yillik daromadlilik 13,6% ni tashkil etdi, to‘lovlar esa har yarim yilda bir marta amalga oshirilmoqda.

Way IIning alohida ustunligi — valyuta xavfini kamaytiruvchi mexanizmidir. Investor o‘z mablag‘ini so‘mda kiritadi, biroq daromad hisob-kitobi dollar ekvivalentida yuritiladi. To‘lov muddati kelganda, belgilangan daromad Markaziy bankning o‘sha kungi kursi asosida qayta hisoblab to‘lanadi.

Misol: 2024-yil 3-sentabr kuni investor Gold Next paketini 72 mln so‘mga xarid qilgan. O‘sha vaqtda MB kursi $1 uchun 12 622,77 so‘m bo‘lgan, bu $5 704 ga teng. Yillik daromadlilik 13,6% bo‘lgani uchun, yarim yillik daromad $387,87 ni tashkil etgan.

2025-yil 3-martga kelib, kurs 12 890,07 so‘mga oshgan. $387,87 MB kursi bo‘yicha qayta hisoblab, investor 5 mln so‘mga yaqin daromad olgan.

Hisob-kitoblarning valyutaga bog‘liq bo‘lishi kurs o‘zgarishiga qaramasdan real daromadlilikni saqlab qolish imkonini beradi.

Way II orqali amalga oshirilayotgan investitsiyalar amaliyotda o‘z samaradorligini isbotlamoqda: bu — aniq mexanizmga ega, to‘lov grafigi belgilangan va o‘rtacha xavf darajasidagi sarmoya vositasi hisoblanadi.

Tushunarli tuzilma va prognoz qilinadigan daromadlilikka ega ilg‘or vositani o‘rganish, hamda o‘zingizga mos paketni tanlash uchun Way II kompaniyasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1-uy

Telefon: +998 (78) 555-55-55
Sayt: waygroup.uz
Facebook: @Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: @wayllgroup

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nega aynan bugun farzandlarga sarmoya kiritish muhim
/
Nega aynan bugun farzandlarga sarmoya kiritish muhim
UZCARD’ni endi Smart Business’dan ex. UZKASSA P10 terminali orqali qabul qilish mumkin
/
UZCARD’ni endi Smart Business’dan ex. UZKASSA P10 terminali orqali qabul qilish mumkin
Way II 2025-yil CABXPO Chicago xalqaro forumida premier homiy sifatida ishtirok etdi
/
Way II 2025-yil CABXPO Chicago xalqaro forumida premier homiy sifatida ishtirok etdi