Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi

Mablag‘ mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi

Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi

Jahon banki Markaziy Osiyo mamlakatlarida elektr energiyasi bozorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi.

Ushbu mablag‘ mintaqaviy elektr energiyasi bozorini yaratish bo‘yicha dastlabki qadamlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Grant shartnomasi Jahon banki, “Energiya” muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (MDM), Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi hamda Buyuk Britaniya va Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonalari vakillari ishtirokida imzolandi.

2026-yil yanvar oyida Jahon banki Markaziy Osiyoda elektr energiyasi bozorini rivojlantirish va tizimlarni integratsiya qilish (REMIT) dasturini tasdiqladi va uni amalga oshirish uchun $1 mlrddan ortiq moliyalashtirishni ma’qulladi.

2035-yilgacha mo‘ljallangan ushbu dastur mintaqa mamlakatlari o‘rtasida energetik bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan. Dastur doirasida mintaqaviy bozor yaratish, transchegaraviy savdo hajmini oshirish, elektr uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanligini kengaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimlarga integratsiya qilish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.

Grant REMIT dasturi maqsadlariga erishishga xizmat qiladi va “Energiya” MDM rahbarligida pilot loyihalarni moliyalashtirilib, mintaqaviy bozor operatori funksiyasini yo‘lga qo‘yiladi.

U elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish sohasida mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun davlatlararo muvofiqlashtirish mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
/
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
/
Termizdan Dubay va Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Termiz xalqaro savdo markazi hududi ming gektargacha kengaytiriladi
/
Termiz xalqaro savdo markazi hududi ming gektargacha kengaytiriladi