Toshkentda uy-joy narxlari iyun oyida yillik 6,1% gacha pasaydi

Shunga qaramay, mamlakatda ko‘chmas mulk narxlari 2,6% ga o‘sdi

Toshkentda uy-joy narxlari iyun oyida yillik 6,1% gacha pasaydi

Markaziy bank hisobotida qayd etilishicha, 2025-yil iyun oyi yakuniga ko‘ra, birlamchi uy-joy bozordagi narxlar yillik hisobda so‘mda 2,6% ga (dollarda 2,1% ga) o‘sdi. Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari so‘m hisobida 2,5% ga (dollarda 2% ga) oshdi.

Hududlar kesimida ko‘chmas mulk narxlarining o‘sish sur’atlari turlicha shakllanishda davom etmoqda. Uy-joy narxlari darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda (Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) narxlarning o‘sish sur’atlari deyarli o‘zgarmagan yoki biroz pasaygan bo‘lsa, boshqa hududlarda narxlarning o‘sishi davom etmoqda.

“Bu esa ushbu hududlarda uy-joy narxlarning kelgusida o‘sishda davom etishi mumkinligini ko‘rsatib, bunga joriy narxlarining hozirgi kunda nisbatan pastligi, infratuzilmaning yaxshilanib borishi, shuningdek, talabning ortishi sabab bo‘lishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Uy-joy ijarasi bozorida taklif hajmining oshishi va talabning mavsumiy pasayishi sharoitida narxlarning mo‘tadil darajasi saqlanib qolmoqda. Ijara to‘lovlari narxlari o‘tgan chorakdan buyon sezilarli o‘zgarmagan bo‘lib, respublika bo‘yicha umumiy o‘sish sur’ati nolga yaqin darajada shakllandi (iyun oyida yillik 0,3%).

Toshkent shahrida esa ijara to‘lovlarida narxlarning pasayishi davom etmoqda. Iyun oyida yillik 6,1% gacha pasaygan. Yer uchastkalari segmentida Toshkent shahrida 100 kv/m (1 sotix) yer maydoni narxi iyun oyi yakunlari bo‘yicha 334 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 2,5% ga past shakllandi.

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlar 2025-yilning aprel, may, iyun oylarida pasayib bordi. 1 kv/m uchun o‘rtacha narxlar 15,4 mln so‘mdan 14,9 mln so‘mgacha tushgan. Quyida Toshkent shahri va boshqa hududlarda narxlar qanday o‘zgargani keltirildi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2028-yilgacha polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i qo‘llanilmaydi
/
O‘zbekistonda 2028-yilgacha polietilen granulalari uchun aksiz solig‘i qo‘llanilmaydi
O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda pul massasi 315,7 trln so‘mga yetdi
IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda
/
IIB Toshkentda ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalar firibgarlardan ogohlantirmoqda