Iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari darajasi pasaydi

Shunga qaramay, yillik inflyatsiya esa 8,7% darajasida saqlanib qoldi

Iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlari darajasi pasaydi

2025-yil iyun oyida O‘zbekistonda iste’mol narxlarining o‘rtacha darajasi 0,2% ga pasaydi. Bu haqda Statistika agentligining hisobotida ma’lum qilindi. Pasayish mavsumiy omillar, xususan, ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashuvi bilan izohlanmoqda.

Yillik inflyatsiya esa 8,7% darajasida saqlanib qoldi.

Viloyatlar kesimida oy davomida eng yuqori inflyatsiya Surxondaryo (0,4%), Qoraqalpog‘iston (0,2%) va Xorazm (0,1%) viloyatlarida qayd etildi. Bu o‘sish asosan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxining oshirilishi bilan bog‘liq.

Yillik inflyatsiya bo‘yicha esa eng yuqori ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida (10%) va Xorazm viloyatida (9,3%) kuzatildi.

Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,1% ga arzonlagan. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,2%, xizmatlar esa 0,8% ga oshgan.

Oy davomida baqlajon (-51,6%), pomidor (-46,6%), bodring (-30,9%) va tarvuz (-26,8%) kabi mahsulotlar narxi keskin tushdi. Aksincha, sovuq suv va turar joy xizmatlari narxi 6,1% ga oshdi.

Statistika agentligiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashuvi umumiy inflyatsiyani 0,51% bandga pasaytirgan bo‘lsa, kommunal xizmatlar narxining o‘sishi inflyatsiyani 0,12% bandga oshirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
/
Haydovchilar biometrik hujjatlarning asl nusxasini koʻrsatishlari shart — YHXB
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
/
Yanvar-may oylarida avtomobil ishlab chiqarish qariyb 5% ga oshdi
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi
/
Toshkentda “O‘rikzor” qurilish bozori yopildi