O‘zbekistonda issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ga tushiriladi

Oktabr—mart oylarida aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov 50% etib belgilanadi

O‘zbekistonda issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ga tushiriladi

O‘zbekistonda issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12% dan 1% ga tushiriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda respublikada 5,1 ming gektar issiqxonalar mavjud bo‘lib, so‘nggi yetti yilda ularda yetishtiriladigan mahsulot hajmi 110 ming tonnadan 546 ming tonnaga ko‘paydi.

Lekin tadbirkorlar kredit og‘irligi, o‘g‘it narxi qimmatligi, uzluksiz gaz ta’minoti yo‘qligini aytmoqda. Masalan, 600 gektardan ortiq maydondagi issiqxona faoliyatini to‘xtatgan, 128 gektari qarzdorlik sababli bank balansiga o‘tgan.

Shu bois issiqxona xo‘jaliklari qo‘llab-quvvatlanadi. Endilikda:

  • ichki bozor bilan bir qatorda eksportga ham mahsulot yetishtirish majburiyatini olgan, tabiiy gazda ishlayotgan issiqxonalarga qishki mavsumda gaz kafolatli hajmda beriladi;
  • ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimida ishlayotgan hamda eksport majburiyatini olgan issiqxonalarga ham tabiiy gazga qaytish imkoni beriladi;
  • aylanma mablag‘ yetarli bo‘lishi uchun oldindan to‘lov oktabr—mart oylariga 50% qilib belgilanadi. Bunda, issiqxonalar gaz korxonalari bilan 1-oktabrgacha shartnoma imzolaydi;
  • tabiiy gazdan ko‘mir yoki boshqa muqobil isitish tizimiga o‘tgan issiqxonalarga ajratilgan kredit muddati uzaytirib beriladi;
  • issiqlik nasoslari texnologiyalarida ishlaydigan issiqxona tashkil qilganlarga xarajatlarning 20% gacha qismi, bu ishlar kredit hisobidan bo‘lsa, kredit stavkasini 4% i qoplab beriladi.

Shuningdek, bundan buyon issiqxonalar, toifasidan qat’i nazar, yer solig‘ini qishloq xo‘jaligi yerlari stavkasida to‘lashi belgilandi. 2028-yilga qadar issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12% dan 1% ga tushiriladi.

Soliq qo‘mitasiga butun tizimi, tahliliy va aqliy markazlarini safarbar etib, issiqxonalardan qisqartirilgan gaz qaysi sohalarga yo‘naltirilgani va ularning samaradorligini o‘rganish, agar gaz berilgan boshqa sohalarda qo‘shilgan qiymat kam bo‘lsa, gazni issiqxonalarga yo‘naltirish topshirildi.

Ekologik vaziyatni hisobga olgan holda, Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyatining havo sifatiga salbiy ta’siri bilan bog‘liq muammolarni uzil-kesil hal qilish vazifasi qo‘yildi.

Barcha eshitib olsin: issiqxonalar bu — oziq-ovqat xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik masalasi hisoblanadi, dedi prezident.

Tegishli idoralarga sohada qat’iy nazorat o‘rnatish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yarim yilda Raqobat qo‘mitasi 43 ta iqtisodiy konsentratsiya bitimini tasdiqladi
/
Yarim yilda Raqobat qo‘mitasi 43 ta iqtisodiy konsentratsiya bitimini tasdiqladi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
Yandex Uzbekistan sun’iy intellekt asosida yangilangan “Qidiruv” xizmatini taqdim etdi
/
Yandex Uzbekistan sun’iy intellekt asosida yangilangan “Qidiruv” xizmatini taqdim etdi