Islomiy me’yorlarga rioya qilgan holda moliyaviy farovonlikka qanday erishish mumkin
Qanday qilib ishonch bilan investitsiya qilish mumkin: etik va xavfsiz modellardan foydalaning

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda etik investitsiyalar — yaʼni shaffoflik, masʼuliyat va islom moliyasi tamoyillariga muvofiq yo‘nalishlar — jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda odamlar faqatgina daromadga emas, balki o‘z sarmoyalarining axloqiy va diniy qadriyatlarga mos bo‘lishiga ham katta eʼtibor bermoqda. Shu sababli, investitsiya tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak va etik model deganda nima nazarda tutiladi, degan savol dolzarb bo‘lib bormoqda.
Ma’lumki, islom moliyasida qarz yoki kredit bitimlaridan oldindan kafolatlangan foyda olish qat’iyan man etilgan. Buning sababi shundaki, bunday daromadlar haqiqiy mehnat, tadbirkorlik riski yoki qo‘shimcha qiymat yaratishga asoslanmagan bo‘ladi. Bitim natijasidan qat’i nazar — foyda bo‘ladimi yoki yo‘qmi — daromad faqat bir tomon foydasiga ishlaydi, boshqa tomon esa zarar ko‘radi. Bu yondashuv adolat va tenglik tamoyillariga zid bo‘lib, ular islom iqtisodiy axloqining asosini tashkil etadi.
Biroq biznesda ishtirok etish — mutlaqo boshqa masala. Biznes har doim mehnat va xavf bilan chambarchas bog‘liq. Agar foyda bo‘lsa — sheriklar ham daromad oladi. Foyda bo‘lmasa — to‘lovlar ham bo‘lmaydi. Shu bois bunday model islom moliyasi nuqtayi nazaridan joiz hisoblanadi.
Aynan shu tamoyil Way II modeli asosini tashkil etadi. Siz biznesdagi ulushni sotib olasiz va kompaniyaning to‘laqonli hamkori bo‘lasiz. Sizning daromadingiz kompaniya faoliyati natijasida shakllanadi — ya’ni bu har doim haqiqiy mehnatning natijasidir. Qulaylik uchun kutilayotgan daromad foiz shaklida ko‘rsatiladi, biroq bu belgilangan foiz stavkasi emas, balki kompaniyaning avvalgi natijalari asosida hisoblangan prognoz ko‘rsatkichidir. Way II modeli asosidagi kompaniya so‘nggi 25 yil davomida barqaror o‘sishni namoyish etib kelmoqda.
Way II orqali siz yirik sanoat ishlab chiqaruvchisi — Akfa Aluminium Group kompaniyasining hammuassisiga aylanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Mazkur kompaniya 25 yildan ortiq faoliyat yuritib, barqaror o‘sishni namoyon etib kelmoqda. Shu davr mobaynida o‘nlab yirik loyihalar amalga oshirildi, minglab ish o‘rinlari yaratildi va har yili ijobiy natijalar qayd etilmoqda. Aynan shu haqiqiy natijalar investorlar uchun daromadlilik prognozlari va tavsiyalarining asosini tashkil etadi.
Way II investitsiya kompaniyasi Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan rasman hamkor sifatida tan olingan va tasdiqlangan kompaniyadir. Kompaniya IFCB tomonidan to‘liq auditdan o‘tgan va islom moliyasi tamoyillariga to‘liq muvofiqligi tasdiqlangan. Bu shuni anglatadiki, Way II investitsiyalari spirtli ichimliklar, qimor o‘yinlari yoki tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish kabi taqiqlangan sohalarga yo‘naltirilmaydi, shuningdek, kompaniyaning faoliyati kommandit sheriklik va hamkorlik tamoyillari asosida qurilgan.
Investitsiyani atigi 13,6 million so‘mdan boshlash mumkin. Kutilayotgan yillik daromad AQSh dollari ekvivalentida 10–15 foizni tashkil etadi. Sarmoyangizni boshqarish juda oson — buning uchun Way Invest mobil ilovasi yaratilgan. Unda siz daromadingizni kuzatishingiz, ikkilamchi bozorda ulush sotib olishingiz yoki sotishingiz, shuningdek, barcha muhim yangiliklardan xabardor bo‘lib turishingiz mumkin.
Daromad yiliga ikki marta to‘lanadi, istasangiz uni yechmasdan qayta investitsiya qilib, kapitalingizni tezroq oshirishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78) 555-55-55
Veb-sayt: waygroup.uz
Facebook: @Way-ll-Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: @wayllgroup
X (Twitter): @way_ll_group
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ