Senat O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Yangi tartib banklarga an’anaviy va islomiy moliyaviy xizmatlarni birgalikda ko‘rsatish imkonini beradi

Senat O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etishga qaratilgan qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlarni tasdiqladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, navbatdagi majlisda ikki kodeks va yettita amaldagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu islohotlar mamlakatda islomiy moliya tamoyillari asosida faoliyat yuritish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. Yangi normalarga muvofiq, maxsus litsenziya turi joriy etiladi.

Qonunga ko‘ra, tijorat banklari to‘liq islomiy moliya tizimiga o‘tishi yoki an’anaviy faoliyatini saqlagan holda “islomiy oyna” (islamic window) formatida xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Jarayonlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish maqsadida Markaziy bank huzurida hamda tijorat banklarida islomiy moliya bo‘yicha maxsus kengashlar tashkil etiladi.

Soliq masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Soliq kodeksiga kiritilgan yangi bobga muvofiq, islomiy moliyaviy operatsiyalardan olinadigan daromadlar foiz daromadlariga tenglashtiriladi. Shuningdek, banklar va mikromoliya tashkilotlarining tovar sotishdagi savdo ustamalari QQSdan ozod qilinadi.

Senat a’zolari fikricha, ushbu o‘zgarishlar yirik investorlarni jalb etishga, moliya bozorida raqobatni kuchaytirishga hamda aholi va tadbirkorlar uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yirik investitsiya loyihalari majburiy korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi
/
Yirik investitsiya loyihalari majburiy korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tkaziladi
Qoraqalpog‘istonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi $80 mlnlik zavod qurilishi boshlandi
/
Qoraqalpog‘istonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi $80 mlnlik zavod qurilishi boshlandi
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan kartalarni almashtirishni so‘radi
/
Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan kartalarni almashtirishni so‘radi