O‘zbekistonda 10 dan ortiq bank islomiy bank xizmatlarini joriy etadi

Yangi sektor orqali $1 mlrdgacha investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 10 dan ortiq bank islomiy bank xizmatlarini joriy etadi

O‘zbekistonda 10 dan ortiq tijorat banki islomiy bank xizmatlarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatda islomiy moliyalashtirish tamoyillarini joriy etish va Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish loyihasi taqdim etilgan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha qonun Oliy Majlis tomonidan ma’qullangan bo‘lib, hozirda prezident tomonidan imzolanishi kutilmoqda.

Markaziy bank yangi sektor faoliyati uchun zarur normativ-huquqiy bazani ishlab chiqadi hamda mutaxassislarni tayyorlash va sertifikatlashni yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, regulyator bozor barqarorligini nazorat qiladi.

Qayd etilishicha, tegishli me’yoriy hujjatlar xalqaro standartlar — AAOIFI va IFSB talablari asosida shakllantiriladi.

Qonun kuchga kirgach, banklar islomiy “oyna”lar (maxsus bo‘limlar)ni cheklovlarsiz ochishi mumkin bo‘ladi. Hozirning o‘zida bu yo‘nalishda 10 dan ortiq moliyaviy tashkilot tayyorgarlik olib bormoqda.

Rejalarga ko‘ra, 2026-yilda kamida bitta islomiy bank bo‘limi ishga tushiriladi. 2026–2030-yillar davomida esa mamlakatda ikkita to‘liq islomiy bank tashkil etilishi kutilmoqda.

Mutasaddilar fikricha, ushbu choralar natijasida iqtisodiyotga qo‘shimcha ravishda qariyb $1 mlrd investitsiya va depozitlar jalb qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Muammoli mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatish uchun $230 mln yo‘naltiriladi
/
Muammoli mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatish uchun $230 mln yo‘naltiriladi
O‘zbekistonda birinchi AES: ishga tushirish muddati e’lon qilindi
/
O‘zbekistonda birinchi AES: ishga tushirish muddati e’lon qilindi
Kapitalbank TAF!25 festivalida O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi
/
Kapitalbank TAF!25 festivalida O‘zbekistonning xalqaro imijini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi