Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish uchun vaucher tizimi joriy qilinadi

Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi

Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish uchun vaucher tizimi joriy qilinadi

2025-yilning 1-mayigacha esa ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi. Bu “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilgan

Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

Mahallalarda kambag‘al oila a’zolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Ma’rifat orqali kambag‘allikni qisqartirish” dasturi amalga oshiriladi.

Shuningdek, 1-fevraldan boshlab,  kasb-hunarga o‘qitish stipendiyalari nogironligi bo‘lgan shaxslar va 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda o‘qiyotgan kambag‘al oilalar reestridagi ishsiz fuqarolarga beriladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi
/
O‘zbekiston 2024-yilda $1,5 mlrdlik meva-sabzavot eksport qildi
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
/
Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning YeOTBga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi
O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yaqinlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yaqinlashmoqda