O‘zbekistonda ayrim tijorat banklari so‘nggi 12 oy davomida aktiv bo‘lmagan kartalarni bloklashni boshladi

Fuqarolar bu haqda sms orqali ogohlantirilmoqda

O‘zbekistonda ayrim tijorat banklari so‘nggi 12 oy davomida aktiv bo‘lmagan kartalarni bloklashni boshladi

Fuqarolarga so‘nggi bir yil davomida harakatsiz bo‘lgan kartalar banklar tomonidan bloklanayotgani haqida SMS-xabarlar kelmoqda. 

Bu bildirishnomalar 20 tadan ortiq kartaga ega bo‘lgan shaxslargagina yuborilayotgani yoki barcha harakatsiz kartalar egalariga kelayotgani hozircha noma’lum.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 7 ming nafar jismoniy shaxsda 20 tadan ortiq bank kartasi rasmiylashtirilgan.

Jismoniy shaxslar nomiga katta miqdorda ochilgan bank kartalarining bir qismi (ko‘p hollarda karta egasining xabari yo‘q holda) firibgarlik maqsadlarida ishlatilgani aniqlangan.

Avvalroq, Markaziy bank tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JShShIRga) emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda esa 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib joriy etilgani haqida xabar berilgan edi. Tartib 2025-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha amal qiladi. 

Bu chora bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik (frod) operatsiyalarining oldini olish, shuningdek, fizik shaxslarga tegishli hisobvaraqlar va kartalar firibgarlik sxemalarida qo‘llanilishining oldini olish maqsadida joriy etildi. 

Shuningdek, banklarga 12 oy davomida hech qanday operatsiya bajarilmagan kartalarni bloklash va kartaning egasiga bu haqda xabar berish vazifasi yuklatilgani aytilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 
/
2024-yilda O‘zbekistonda temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi 
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan keyin ko‘tarila boshladi
“Utair” aviakompaniyasining Samarqandga parvozlari bekor qilindi
/
“Utair” aviakompaniyasining Samarqandga parvozlari bekor qilindi