2026-yildan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot xodimlarining ish haqi 10% ga oshiriladi

Shuningdek, ayrim mutaxassislarga ipoteka krediti uchun sarflangan dastlabki badal to‘lovining 25%i qoplab beriladi

2026-yildan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot xodimlarining ish haqi 10% ga oshiriladi

2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi olti kunlikdan besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Bu prezidentning tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari ularning ishi navbatchilik asosida tashkil etiladi, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, bir qator boshqa imtiyozlar joriy etilmoqda.

Yillik musobaqa

Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan kasb bayrami munosabati bilan har yili:

  • “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
  • “Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
  • “Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
  • “Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”;
  • “Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”;
  • “Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”;
  • “Eng yaxshi oilaviy poliklinika”;
  • “Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”;
  • “Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi.

G‘oliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi: tibbiyot muassasalari — 500 mln so‘m, tibbiyot va boshqaruv xodimlari — 30 mln so‘m.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari davlat mukofotlariga taqdim etiladi hamda menejment dasturlari va boshqa zamonaviy dasturlar asosida ushbu jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xorijdagi ta’lim va ilmiy tashkilotlarda o‘qishga tavsiya etiladi.

2026-yildan yangi imtiyozlar

1-yanvardan milliy akkreditatsiyadan o‘tgan xodimlarga lavozim maoshining 10%i miqdorida har oylik ustama joriy etiladi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bir yilda bir marta davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olishlari mumkin bo‘ladi.

Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman (shahar) darajasida yangi davolash usullarini joriy etgan va uning ijobiy natijasiga erishgan shifokorlarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi va yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalarni chop etish bilan bog‘liq xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Bundan tashqari, barcha xodimlar uchun barcha turdagi davlat xizmatlari uchun to‘lovlar miqdori 2 baravarga kamaytiriladi.

2026-yildan boshlab har yili davlat tibbiyot muassasalari xodimlari Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi. Mablag‘ Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik kontrakt summasining 30%i miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi.

Har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimini uy-joy bilan ta’minlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal to‘lovining 25%i qoplab beriladi.

Kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarga Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda tibbiyot muassasasining mablag‘lari hisobidan bir yilda bir marotaba respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yo‘llanma berish.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2026-yildan boshlab yuqoridagi maqsadlar uchun Tibbiyotni rivojlantirish jamg‘armasiga har yili qo‘shimcha 100 mlrd so‘mdan indeksatsiya qilinadigan mablag‘ ajratish topshirildi.

2026-yil 1-apreldan O‘zbekistonda davlat tibbiyot muassasalarining ish vaqti rejimi olti kunlikdan besh kunlik ish haftasiga o‘tkaziladi. Tibbiyot muassasalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bayram va dam olish kunlari ularning ishi navbatchilik asosida tashkil etiladi, deyiladi hujjatda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank 18 ta tijorat banklarini 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
/
Markaziy bank 18 ta tijorat banklarini 102 mln so‘mdan jarimaga tortdi
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi
/
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor qariyb $60 mlrdga yetdi
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 47 mingdan ortiq elektromobil import qilindi
/
Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 47 mingdan ortiq elektromobil import qilindi