2.8.2024 | 12:04
XMK ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasiga $45 mln kredit beradi
Tomonlar tegishli bitimni imzoladilar
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Joriy yilning 26 iyul kuni xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mahalliy ipoteka bozoriga resurslarni jalb qilish uchun $45 mlnlik shartnoma imzoladilar. Bu haqda istiqbolli loyihalar milliy agentligining yagona portalidan ma’lum bo’ldi.
Mablag’lar joriy yilning uchinchi choragida tijorat ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yo’naltirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, kreditlarning 15% ayol qarz oluvchilarga beriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ