“Apple” “iPhone 16 Pro” va “16 Pro Max”ni taqdim etdi
Ular to'rtta rangda mavjud bo'ladi

«Apple» 6,3 va 6,9 dyuymli ekranlarga ega «iPhone 16 Pro» va «16 ProMax»ni taqdim etdi. Ikkala model ham kamerani boshqarish tugmasi bilan jihozlangan va ularning korpusi oldingi «15 Pro» va «15 Pro Max» modellari kabi titaniumli ramkalar bilan jihozlangan.
«iPhone 16 Pro» endi «15 ProMax»da birinchi marta paydo bo’lgan besh karra optik masshtabni, shuningdek, 120 kadr/s tezlikda 4K videoni ko’tara oladi.
Model “16 Pro” to’rtta rangda keladi: qora, kulrang, kumush va qumrang. Yangiliklar 6 yadroli protsessorga ega kuchli A18 Pro chipida ishlaydi, bu avvalgi “A17 Pro”dan 15% tezroq. GPU 20% tezroq va 16 yadroli neyron protsessor sekundiga 35 trilliongacha operatsiyalarni bajarishga qodir.
“IPhone 16 Pro” narxi $999 dan boshlanadi, “iPhone 16 Pro Max” esa $1199 dan boshlanadi. Oldindan buyurtmalar 2024-yil 13-sentabrda boshlanadi va qurilma 20-sentabrda sotuvga chiqariladi.
Yangiliklar to’ldirilmoqda
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ