O‘zbekistonda investorlarga renovatsiya loyihalarini tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat beriladi

Yangi tartib biznes xarajatlarini inobatga olib, qurilish tashabbuslari jozibadorligini oshirishga qaratilgan

O‘zbekistonda investorlarga renovatsiya loyihalarini tanlovsiz amalga oshirishga ruxsat beriladi

Oliy Majlis Senati “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatga ko‘ra, investorlar ayrim hollarda renovatsiya loyihalarini tanlovlarsiz amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Qonun loyihasi 2026-yil 7-aprel kuni tasdiqlangan bo‘lib, kuchga kirishi uchun Prezident imzosi kutilmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, agar investor loyiha xarajatlarini to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan qoplasa, unga obyektni tender o‘tkazmasdan berish mumkin. Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari Mahmud Istamovning ta’kidlashicha, bu qaror biznesning dastlabki bosqichdagi xarajatlarini — konsepsiya ishlab chiqish, mulkdorlar bilan muzokaralar va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonlarini inobatga olgan holda qabul qilinmoqda.

Shu bilan birga, tadbirkorlar zimmasida qat’iy majburiyatlar saqlanib qoladi. Agar loyiha belgilangan muddatda bajarilmasa, jarimalar qo‘llanadi, uch tomonlama shartnomalar tuziladi hamda renovatsiya jamg‘armalari orqali nazorat ta’minlanadi. Investor loyiha ijrosini uddalay olmasa, obyekt bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkaziladi.

Muhokamalar davomida ayrim senatorlar tenderlarsiz obyekt berilishi korrupsiya xavfini oshirishi mumkinligini ta’kidladi. Shu munosabat bilan Senat raisi Tanzila Norboyeva Adliya vazirligiga ushbu xavflarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqishni topshirdi.

Vazirlik esa tanlov jarayonlarida “Shaffof qurilish” platformasidan foydalanish tartibi aniq belgilanishini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzaxda $581 mlnlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
/
Jizzaxda $581 mlnlik yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Go‘sht importi uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
/
Go‘sht importi uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratiladi
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi
/
Shuhratbek Qurbonov TBC Bank Uzbekistan’dagi lavozimini tark etdi