“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida

Poytaxtda tirbandlikni kamaytirish uchun “Intellektual transport” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Rulda ketayotib 15-20 daqiqa tirbandlikda turdim” — Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi yo‘llar holati haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil haydash jarayonida tirbandlikda qolganini aytib, muammo yuzasidan ichki ishlar vaziriga tanbeh berdi.

Bugun, 9-iyul kuni yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va infratuzilmani yaxshilashga doir yig‘ilish o‘tkazildi. UzA eʼlon qilgan videoga ko‘ra, majlisda yo‘llardagi tirbandlik masalasi ham ko‘tarilgan.

O‘tgan yakshanba kuni rulda kelayotgan edim. O‘zim ham hamma bilan 15-20 daqiqa yaxshigina tirbandlikda turdim. Ko‘chaga chiqib: ‘hoy falonchi menga yo‘lni ochib ber’, deb baqirmayman-ku, el qatori keldik. O‘tib bo‘lganimdan keyin vazirga telefon qildim. ‘Sen kelib o‘zing o‘tgin qani’, dedim. Odamlar shunday holatda kechasi uyga qaytayotganda kayfiyati yomon tomonga o‘zgaradimi yoki yo‘qmi, deya ichki ishlar vaziriga tanbeh bergan davlat rahbari.

Yig’ilishda jamoat transportini qulay va xavfsiz qilish bo‘yicha hududlarda yaxshi innovatsion tajribalar boshlanganligi haqida ma’lum qilindi.

Masalan, Toshkent shahrida 200 kilometr yo‘l, 4 ta ko‘prikni ta’mirlash uchun Xitoydan $300 mln investitsiya jalb qilinmoqda.

Shuningdek, poytaxtdagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida “Intellektual transport” axborot tizimi ishga tushadi.

Ushbu tizimga Toshkent shahridagi 700 dan ziyod chorraha va ulardagi barcha svetofor, foto va videokuzatuv moslamalari ulanadi.

Transport oqimiga qarab svetoforlarni masofadan boshqarish hisobiga tirbandliklar 25-30% ga kamayishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
/
Gulnora Karimova oshxonada sud qilingani haqidagi da’volar rad etildi
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
/
Toshkentga yana 6 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi
2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston startaplariga $4 mln dan ortiq venchur investitsiya kiritildi
/
2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston startaplariga $4 mln dan ortiq venchur investitsiya kiritildi