Tadbirkorlar yil davomida inflyatsiyaning eng past darajasi — 11,8% ni taxmin qilmoqda

Uarning fikricha, narxlar oshishiga asosiy sabab – kommunal xizmatlar va energiya narxlari bo‘lib qolmoqda

Tadbirkorlar yil davomida inflyatsiyaning eng past darajasi — 11,8% ni taxmin qilmoqda

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonda kelgusi 12 oy uchun narxlarning prognoz qilingan o‘sishi iyun oyida o‘rtacha 13,2% ni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 0,5% bandga kam.

Mediana qiymati ham biroz pasayib, 11,1% dan 11% gacha tushdi.

Eng yuqori kutilmalar Toshkent (15,2%), Samarqand (14,1%) va Surxondaryo viloyati (14%) aholisida qayd etildi. Navoiy, Namangan (12% dan) va Sirdaryo (12,1% ) viloyatlari respondentlari esa nisbatan vazminroq prognozlar berdi.

Kasbiy guruhlar orasida kutilayotgan inflyatsiya sanoat xodimlari (15,6%), transport xodimlari (15,1%) va talabalar (14%) orasida eng yuqori bo‘ldi. Savdo sohasida (11,1%), turizm (11,6%) va maishiy xizmatlar ko‘rsatish (12,3%) sohalarida esa boshqa ko‘rsatkichlarga nisbatan past bo‘ldi.

Barcha daromad guruhlarida prognozlar pasaygan. Oyiga 15 mln so‘mdan ortiq daromad oluvchilar inflyatsiya darajasi 15,1% bo‘lishini kutmoqda. Ulardan keyin shaxsiy daromadga ega bo‘lmaganlar (14,95) va 7-10 mln so‘m orasida daromad oluvchilar (14,2%) turadi. Eng past ko‘rsatkich 3 mln so‘mgacha daromadli respondentlarda kuzatildi — 12,2%.

Baholarga ta’sir etuvchi asosiy omil kommunal xizmatlar tariflarining o‘sishi bo‘lib qolmoqda, buni so‘ralganlarning 50%i ta’kidlagan. Keyingi o‘rinlarda energiya resurslari narxining ko‘tarilishi (45%) hamda ish haqi va nafaqalarning oshishi (35%) turibdi. Transport xarajatlari (30%) va valyuta kursi tebranishlari (27%) ham sabablar qatoriga kiradi.

Tadbirkorlar orasida inflyatsiyaning o‘rtacha prognozi 11,8% ni tashkil etib, 1% dan ko‘proqqa pasaydi va so‘nggi yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi. Mediana darajasi 10,3% ni (0,5 band past) tashkil qildi. Hududlar kesimida eng yuqori baholarni Toshkent (13,6%), Samarqand (12,8%) va Sirdaryo (12,6%) tadbirkorlari bergan. Eng past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston (10,4%), Buxoro (10,5%) va Farg‘ona (10,8%)da qayd etildi.

Sohalar bo‘yicha tadbirkorlarning narxlar o‘sishiga eng yuqori kutilmalari ta’lim (13,4%), transport (12,9%) va umumiy ovqatlanish (12,3%) sohalarida kuzatilmoqda. Eng past ko‘rsatkichlar tibbiyot, madaniyat va turizm sohalarida bo‘lib, 10 foizdan biroz yuqori darajani tashkil etmoqda.

Biznes vakillarining fikricha, narxlar oshishining asosiy sabablari kommunal xizmatlar tariflari (47%), energiya tashuvchilar narxlari (43%) va ish haqlarining ko‘tarilishi (33%) bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlarda transport xarajatlari (32%) va valyuta kursi tebranishlari (31%) turibdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
/
ITIM ikkinchi chorakdagi eng faol banklar ro‘yxatini e’lon qildi
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi
/
Toshkentning Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasi 3 kunga qisman yopiladi