Ilon Maskning boyligi qariyb $800 mlrddan oshdi

Bunga SpaceX kompaniyasi va sun’iy intellekt sohasidagi xAI startapi birlashgan sabab bo‘lgan

Ilon Maskning boyligi qariyb $800 mlrddan oshdi

Space X va Tesla asoschisi Ilon Mask $800 mlrdlik boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi odam bo‘ldi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

4-fevral, soat 12:40 holatiga ko‘ra, Maskning mol-mulki $852,5 mlrdga baholanmoqda. Yana bir keskin o‘sish SpaceX kompaniyasi va sun’iy intellekt sohasidagi xAI startapi birlashgandan so‘ng yuz berdi.

Ikkinchi o‘rinni yirik farq bilan Google hammuassisi Larri Peyj $277,9 mlrd boylik bilan egallab turibdi. Kuchli uchlikni yana bir Google hammuassisi Sergey Brin $256,3 mlrd bilan yakunladi.

22-dekabrda Maskning boyligi birinchi marta $700 mlrddan oshgandi, 16-dekabrda esa u birinchi marta $600 mlrdlik marrani zabt etgandi. Oktabr oyida ham boyligi u $500 mlrdga yetgan tarixdagi birinchi shaxs bo‘lgandi.

2021-yil noyabr oyida Maskning boyligi $300 mlrdga, 2024-yil dekabr oyida $400 mlrdga, joriy yilning oktabr oyida esa $500 mlrdga yetdi. (Oracle kompaniyasidan Larri Ellison $300 va $400 mlrdlik cho‘qqini zabt etgan yagona boshqa milliarderdir.)

Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, Mask 2033-yil martiga kelib dunyodagi birinchi trillionerga aylanishi mumkin. Bunga erishish uchun unga Tesla rahbariyati yaqin 10 yil ichida bir qator maqsadlarga erishganida unga berishga va’da bergan yangi aksiyalar paketi yordam beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jizzax viloyatida Yangi Jizzax shahri qurilishi uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi
/
Jizzax viloyatida Yangi Jizzax shahri qurilishi uchun 40 mlrd so‘m ajratiladi
Endilikda suv resurslari uchun soliqlar yerlarning suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilanishi mumkin
/
Endilikda suv resurslari uchun soliqlar yerlarning suv bilan ta’minlanganligiga qarab belgilanishi mumkin
O‘zbekistonda “qurilishga tayyor yer” tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda “qurilishga tayyor yer” tizimi joriy etiladi