“Tolimarjon IES”da qariyb $945 mlnlik ikkita bug‘-gaz qurilmalari yo’lga qo’yiladi

Natijada yiliga qo‘shimcha 8,5 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi

“Tolimarjon IES”da qariyb $945 mlnlik ikkita bug‘-gaz qurilmalari yo’lga qo’yiladi

“Tolimarjon IES” korxonasida bunyod etilayotgan umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan 3-4-sonli yangi, zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari qurilayotgani haqida xabar qilindi.

Shuningdek, qiymati $944,87 mlnga teng mazkur loyiha ishga tushirilgach, korxonada yiliga qo‘shimcha 8,5 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Natijada, yuqori tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hisobiga yiliga 600 million kub metr tabiiy gaz tejalishi kutilmoqda.

2025-yilda yagona energo tizimga ulanishi ko‘zda tutilgan mazkur bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi billan korxonada qo‘shimcha 100-110 ta yangi ish o‘rni yaratilishi mumkin. Qurilish ishlariga Turkiyaning “Çalik Enerji” kompaniyasi mutaxassislari jalb etilgan.  

Bu loyiha bilan, Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini va yana ko‘plab aholi punktlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan.  

Ma’lumot uchun, “Tolimarjon IES”ning har biri quvvati 450 MVt dan bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi 2016-2017 yillarda ishga tushirilgan.  

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi