Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan kartalarni almashtirishni so‘radi

Shaxsiy ma’lumotlar darknetda tarqalgani haqidagi xabarlar ortidan xavfsizlik choralarini kuchaytirish tavsiya etildi

Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan kartalarni almashtirishni so‘radi

3-fevral kuni O‘zbekiston fuqarolarining maʼlumotlari bir nechta resurslar, jumladan, darknetdagi saytlarda tarqalgani va ularga oid havolalar haqidagi xabarlar e‘lon qilingandi.

Shu mazmundagi xabarlar ortidan Ichki ishlar vazirligi fuqarolardan Yagona portal orqali o‘zlarining shaxsiy ma‘lumotlarini o‘zgartirishni so‘radi. Bu haqda vazirlikning YouTube kanalida e‘lon qilingan lavhada so‘z boradi.

Fuqarolarga zudlik bilan o‘zlariga tegishli bo‘lgan banklarga borib, plastik kartalarini almashtirishni va ularning kod raqamlarini o‘zgartirishni tavsiya qilamiz. Hozirgi paytda IIV hamda boshqa korxona va tashkilotlar bilan birgalikda qo‘shimcha ishlar olib borilyapti. Bu haqida so‘nggi ma‘lumotlarni berib boramiz, — dedi vazirlik vakili.

Uning taʼkidlashicha, mazkur xabarlar tasdiqlansa ma‘lumotlarni tarqatgan insonlar topilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.

Bundan tashqari, IIV firibgarlik holatlari asosan messenjerlar orqali jo‘natilayotgan turli fayl va havolalar natijasida sodir etilayotganiga to‘xtalgan.

Statistikaga ko‘ra, fuqarolar eng ko‘p AKP-fayllardan jabrlanmoqda, bu kabi fayllar ularga o‘zlarining tanishlaridan har xil holatlarda keladi. Misol uchun, sudga yolg‘on chaqiruv, mulk qarzdorligi ko‘rinishida hamda „Bu videoda sen nima qilyapsan?“ degan mazmundagi ma‘lumotlar kelishi mumkin, — deya tushuntirdi IIV vakili.

IIV bu kabi APK-fayllar kelgan taqdirda, ularni zudlik bilan o‘chirib tashlashni hamda telefonlarga yuklamaslikni maslahat berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Senat O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
/
Senat O‘zbekistonda islomiy bank xizmatlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
O‘zRTXB 2025-yilda savdo hajmini 31% ga oshirdi
/
O‘zRTXB 2025-yilda savdo hajmini 31% ga oshirdi
Senat PayPal va Apple Pay’ga ruxsat beruvchi qonunni tasdiqladi
/
Senat PayPal va Apple Pay’ga ruxsat beruvchi qonunni tasdiqladi